Toshkent viloyatidagi fermer g‘alla maydonini yoqib, tabiatga 100 mlndan oshiq zarar yetkazdi

© Ministerstvo EkologiiTashkentskaya oblast
Tashkentskaya oblast  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2023
Obuna bo‘lish
Yong‘in oqibatida dala chegara qismiga qator qilib ekilgan 20 tup tut daraxt o‘sishdan to‘xtamaslik darajasida shikastlangan. 11 tup tut daraxti esa o‘sishdan to‘xtash darasida kesilgani.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Toshkent viloyatidagi fermerning g‘alla maydoni yonib ketdi. Yong‘in natijasida tabiatga jami 118 082 896 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Chinoz tumanida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarida somonpoya qoldiqlari yoqilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Ekologiya vazirligi hamda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi mas’ullari tomonidan holat voqea joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida Chinoz tumani, “Tillatopgan” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomagistral yo‘l bo‘yida joylashgan “ChINOZ TOYChIYeV SARDOR DALASI” fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan yer maydonida 11,6 gektar somonpoya qoldiqlari yoqilganligi aniqlandi.
Natijada dala chegara qismiga qator qilib ekilgan 20 tup tut daraxti o‘sishdan to‘xtamaslik darajasida shikastlanganligi, 11 tup tut daraxti esa o‘sishdan to‘xtash darasida kesilgani ma’lum bo‘ldi.
Fermer xo‘jaligi rahbari voqea joyida haqiqatan ham fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan yer maydonida somonpoya qoldiqlari yoqilganligi yuzasidan yozma ravishda tushuntirish berdi.

“Yong‘in natijasida tuproqdagi gumus va azot yo‘qotilgan, bu bilan tuproq unumdorligiga 24 692 896 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Qolaversa, Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qaroriga asosan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar 73 590 000 so‘mni tashkil etdi”, - deyiladi xabarda.

Aytilishicha, o‘rganish ishlari davomida to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun tuman prokuraturasiga topshirildi.
Ma’lumot uchun, somonpoya qoldiqlarini yoqish natijasida atmosferaga uglerod oksidi, azot oksidi, azot ikki oksidi, oltingugurt oksidi kabi inson sog‘ligi uchun zararli bo‘lgan zaharli moddalar ajralib chiqadi.
Somon poyalari va ularning qoldiqlari yoqilgan hududlarda yer unumdorligi keskin pasayadi, tuproq strukturasi buziladi. Yong‘in natijasidagi yuqori harorat tufayli makro va mikro elementlarning yo‘q bo‘lib ketishi oqibatida esa ekin yerlarining tuproq unumdorligi tushib ketadi.
Somon poyalari va ularning qoldiqlari yoqilishiga sabab bo‘lgan huquqbuzarlarga va yer egalariga nisbatan 3,3 million so‘m bo‘lgan miqdorda ma’muriy jarimalar qo‘llaniladi.
Shu bilan birga, yong‘in sodir bo‘lgan g‘alla ekin maydonlarining har bir gektariga yetkazilgan zarar bo‘yicha amaldagi tartib asosida iqtisodiy choralar belgilanadi.
Yangiliklar lentasi
0