Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi avtobuslar soni ko‘paytirildi

© Ministerstvo transporta RUzAvtobusi
Avtobusi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2023
Obuna bo‘lish
Endi Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi avtobuslar 4 mahal harakatlanadi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi avtobuslar soni ko‘paytirildi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
Hozirda poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekati – Chorvoq” yo‘nalishida har kuni harakatlanadi.
Endilikda avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 7:00, 10:00, 13:00 va 18:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan esa 6:00, 11:00, 14:00, 16:00 va 18:00 da harakatlanadi.
Avval avtobuslar "Mashinasozlar" metro bekatidan soat 7:00, 13:00 va 18:00 da, Chorvoqdan esa 6:00, 11:00 va 16:00 da harakatlangan.
Qatnov masofasi 75 km bo‘lgan yo‘nalishda yo‘lkira narxi hamonbop 15 000 so‘m. Yo‘lovchilar belgilangan manzilga 1 soat 10 daqiqada yetib boradi.
Chorvoq, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2023
Toshkent atrofida avtobusda borish mumkin bo‘lgan 10 ta dam olish maskani
Yangiliklar lentasi
0