Toqayev Markaziy Osiyo xavfsizligini kuchaytirishga chaqirdi

© Press-slujba prezidenta KazaxstanaQasim-Jomart Toqayev, arxiv surat
Qasim-Jomart Toqayev, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2023
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston yetakchisining ta’kidlashicha, vaqt sifatli yangi integratsiya qilingan yondashuvlarni shakllantirishni talab qilmoqda.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash sohasida sifatli yangi yondashuvlarni ishlab chiqmoq zarur. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qasim Jomart-Toqayev Olmaotada bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvida videomurojaat shaklida nuqt so‘zlayotib ma’lum qildi.
“Hozirgi paytda axborot almashishni kengaytirish va mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi muvofiqlashtirishni oshirishga oid alohida choralar yetarlicha emas deb hisoblayman. Vaqt sifatli yangi integratsiya qilingan yondashuvlarni shakllantirishni talab qilmoqda. Ishonchim komilki, mazkur uchrashuv bu uchun yaxshi zamin yaratadi”, - dedi Toqayev. Uning so‘zlaridan Sputnik Qozog‘iston iqtibos keltirgan.
Qozog‘iston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi sharoitlarda mintaqa uchun barqarorlikni saqlash va butun chegaralar bo‘ylab xavfsizlikni mustahkamlash eng muhim vazifa sanaladi.
“Bu masalani biz hamkasblar bilan 2022-yil oktabrida Ostonada bo‘lib o‘tgan davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo-Rossiya” formatidagi birinchi uchrashuvida batafsil muhokama qilgandik. Xavfsizlik hamkorligimizning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olingan”, - dedi u.
Toqayevning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvlarining mexanizmi bu yo‘nalishda aniq yondashuvlar va yechimlarni shakllantirishga ko‘maklashadi.
“Gibrid metod va axborot texnologiyalarini qo‘llab, mintaqadagi vaziyatni izdan chiqarishga bo‘lgan urinishlarga munosabat bildirishning ta’sirchan mexanizmini ishlab chiqish muhim”, - dedi Qozog‘iston yetakchisi.
Yangiliklar lentasi
0