Poytaxtdan Qarshi va Samarqandga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

© Mintrans UzbekistanaPoyezd. Arxivnoe foto
Poyezd. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2023
Obuna bo‘lish
Qurbon hayiti munosabati Toshkent-Qarshi va Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Qurbon hayiti munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" axborot xizmati xabar bermoqda
29 iyun kuni:
780-sonli Toshkent-Qarshi yo‘nalishi: Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21;
779-sonli Qarshi-Toshkent yo‘nalishi: Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50.
26 iyundan 3-iyulgacha:
767-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19;
768-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar burosidan bilib olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bu yil Qurbon hayiti 28-iyun kuni nishonlanadi. O‘zbekistonliklar bayram munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olishadi.
Uzbekistan Airways samolyoti, arxiv foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2023
“UzAirways” Qurbon hayiti munosabati bilan chegirma e’lon qildi
Yangiliklar lentasi
0