Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kimlar prezident saylovi kuni uchastkaga bormay ovoz berishi mumkin?

© Sputnik/Zafar XalilovSaylov uchastkasi, arxiv surat
Saylov uchastkasi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2023
Obuna bo‘lish
Ayrim saylovchilar sog‘lig‘ining holati yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kelmay turgan joyida ham saylashi mumkin.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Prezident saylovi kuni ayrim sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan fuqarolar uchun ham ovoz berish imkoniyati yaratiladi.
Ayrim saylovchilar sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda tegishli uchastka saylov komissiyasi ovoz berishni ushbu saylovchilarning iltimosiga binoan ular turgan joyda tashkil etadi.
Jarayon quyidagicha amalga oshiriladi:
tegishli komissiyaning kamida ikki nafar a’zosi ko‘chma saylov qutisi bilan saylovchining turgan joyiga yuboriladi;
ular saylovchining xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etilgan holda ovoz berish amalga oshirilishini ta’minlaydi;
bu jarayonda kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etishlari mumkin.
Ovoz beruvchi tegishli uchastka saylov komissiyasiga murojaat etishdan oldin, o‘zi yashab turgan hududdagi saylov uchastkasini aniqlab olish kerak. Buning uchun Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida “Saylov uchastkasini topish” xizmati ishga tushirilgan. Xizmatdan foydalanib, saylov uchastkasi manzili va raqamini bilib olish mumkin.
Quyidagi joylarda ham saylov uchastkalari tuzilishi mumkin:
sanatoriylar;
dam olish uylari;
kasalxonalar;
statsionar davolash muassasalari;
olis va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi fuqarolar turgan joylar;
qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari.
Eslatib o‘tamiz, saylov uchastkalarida jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ovoz berish kabinalari joylashtiriladi, shuningdek, zaruratga ko‘ra ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi ovoz beruvchi fuqarolar uchun optik lupalar hamda yoritkichlar qo‘yiladi.
Ehtiyojdan kelib chiqib, nogironligi bo‘lgan ovoz beruvchi fuqarolar gavjum yashaydigan hududlarda, ularning saylov uchastkalariga kelib ketishlari uchun bepul transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Yangiliklar lentasi
0