O‘zbekiston va Turkiya mudofaa vazirlari hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston va Turkiya bayroqlari, arxiv surat
O‘zbekiston va Turkiya bayroqlari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2023
Obuna bo‘lish
Vazirlar harbiy-texnik sohalardagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishga kelishib olishdi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov va Turkiya milliy mudofaa vaziri armiya generali Yashar Guler o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, suhbat avvalida Qurbonov turkiyalik hamkasbini bu lavozimiga tayinlanganligi bilan tabriklagan.
Muloqot davomida vazirlar ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqboldagi rejalarni muhokama etishdi.
Ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik sohalardagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish, jangovar tayyorgarlik va harbiy ta’lim yo‘nalishlarida aloqalarni yanada jadallashtirishga kelishildi.
Suhbat yakunida O‘zbekiston mudofaa vaziri Turkiya milliy mudofaa vazirini O‘zbekistonga taklif qildi.
Yangiliklar lentasi
0