O‘zbekiston va Tojikiston viloyatlari qator sohalarda hamkorlik qilishga kelishib oldi

© Xokimiyat Namanganskoy oblastiNamangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov va So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov va So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2023
Obuna bo‘lish
Namangan viloyati hokimi boshchiligidagi 30 dan ortiq turli soha vakillaridan iborat delegatsiya Tojikistonda bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Namangan hamda Tojikistonning So‘g‘d viloyatlari o‘rtasida yo‘l xaritasi imzolandi, deya xabar berdi Namangan viloyat hokimligi.
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov boshchiligidagi delegatsiya Tojikiston viloyatining So‘g‘d viloyatida bo‘lib turibdi.
© Xokimiyat Namanganskoy oblastiSogdiyskaya i Namanganskaya oblasti podpisali dorojnuyu kartu o sotrudnichestve
Sogdiyskaya i Namanganskaya oblasti podpisali dorojnuyu kartu o sotrudnichestve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2023
So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda hamda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov o‘rtasi bo‘lib o‘tgan tor doiradagi uchrashuvda yo‘l xaritasi imzolandi. Hujjat ikki viloyatlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-sotiq, turizm, madaniyat va qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.
© Xokimiyat Namanganskoy oblastiSogdiyskaya i Namanganskaya oblasti podpisali dorojnuyu kartu o sotrudnichestve
Sogdiyskaya i Namanganskaya oblasti podpisali dorojnuyu kartu o sotrudnichestve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2023
Delegatsiya 30 dan ortiq turli soha vakillaridan iborat bo‘lib, ular So‘g‘d viloyati bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar, shuningdek, “Savdo va investitsiya imkoniyatlari - hamkorlik istiqbollari” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0