O‘zbekiston 2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

© ArmsportFutzal
Futzal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2023
Obuna bo‘lish
FIFA kengashida 2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati musobaqasi O‘zbekistonda o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. 2024 yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, FIFA Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Kun tartibidan FIFA miqyosidagi bir qator musobaqalar, xususan, futzal va futbol bo‘yicha jahon birinchiligi musobaqalariga mezbon mamlakatlarni belgilash masalalari o‘rin oldi.

“E’tiborli jihati, 2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati musobaqasi O‘zbekistonda o‘tkazilishi belgilandi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yurtimiz FIFA tasarrufidagi jahon chempionatiga birinchi bor mezbonlik qiladi”, - deyilgan O‘FA xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Kuvaytda o‘tgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogida O‘zbekiston milliy jamoasi 3-o‘rinni egallagan edi. Bundan tashqari, eshitishda nuqsoni bor sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar bronza medalini qo‘lga kiritishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0