O‘zbek-qozoq chegarasi demarkatsiyasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish ma’qullandi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishGranitsa. Arxivnoe foto
Granitsa. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2023
Obuna bo‘lish
Shartnomaga ko‘ra O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi davlat chegarasining demarkatsiya qilingan chizig‘i uzunligi 2 356 kilometrdan ortiqdir.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining qirq ikkinchi yalpi majlisida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi. Bu haqda parlamentning yuqori palatasi axborot xizmati xabar berdi.
Hujjat ikki davlat prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev tomonidan 2022-yil 21-dekabr kuni imzolangan edi.
Shartnomaga ko‘ra O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi davlat chegarasining demarkatsiya qilingan chizig‘i uzunligi 2 356 kilometrdan ortiqdir.
Shartnoma bilan O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini belgilash bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlandi hamda chegara xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash uchun eng muhim shart-sharoitlar yaratildi.
“Qonun O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha uzoq vaqt davom etgan jarayonning mustahkam huquqiy yechimi bo‘lishi bilan birga o‘zaro ishonch va do‘stlikka asoslangan munosabatlarimizning yangi sahifasi bo‘ladi hamda o‘zaro teng manfaatli aloqalarimiz ravnaqiga xizmat qiladi, deb ishonamiz”, - dedi Senat raisi Tanzila Narbayeva.
Qozog‘iston bu shartnomani 28-mart kuni ratifikatsiya qilgan edi.
2003 yilda boshlangan demarkatsiya bo‘yicha muzokaralar qariyb 19-yil davom etgan. Bu vaqt mobaynida demarkatsiya komissiyasining 100 ta yig‘ilishi va demarkatsiya bo‘yicha ishchi guruhining 34 ta yig‘ilishi o‘tkazildi. Chegara belgilarini o‘rnatish bo‘yicha dala ishlari 2004-2021 yillarda davom ettirildi.
Yangiliklar lentasi
0