Dam olish kunlari Toshkentda borish mumkin bo‘lgan TOP-10 ta tadbir

© Press-slujba NOK UzbekistanaMassoviy zabeg "Ya pobeditel" v Tashkente. Arxivnoe foto
Massoviy zabeg Ya pobeditel v Tashkente. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2023
Obuna bo‘lish
Xalqaro yugurish musobaqasi, yangi uylar yarmarkasi va Ludoviko Eynaudi konserti. Dam olish kunlari Toshkentda qayerga borish mumkin — Sputnik jamlanmasida tanishing.

24 iyun, shanba

Ochiq havodagi filmlar namoyishi
Tomoshabinlarni Ekoparkda “Dalnyaya doroga” va “Chumovaya patnitsa” filmlari namoyishi kutmoqda.
Vaqt: 19:30, 21:50
Manzil: Z.M Bobur nomidagi Toshkent markaziy ekoparki.
Chipta narxi: 60 ming so‘m
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 95−881−1855
Bog‘da konsert-shou dasturi
Tomoshabinlar o‘zbek estradasi xonandalari Hamdam Sobirov va Rayxon G‘aniyeva ishtirokidagi konsert dasturini tomosha qilishlari mumkin.
Vaqt: 21:00
Manzil: "Yangi O‘zbekiston" bog‘i
Kirish bepul
"Yangi uylar 2023 ko‘rgazmasi"
Yarmarka ishtirokchilari sotib olish va sotish, shuningdek, birinchi va ikkilamchi bozordagi uy-joy uchun ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha mutaxassisdan bepul maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Vaqt: 10.00
Manzil: Yoshlar ijod sarayi
Kirish bepul
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 93−801−1801
Davide Del Kurtoning ma’ruzasi
O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida Milan politexnika universitetining “Arxitektura restavratsiyasi” kafedrasi dotsenti me’moriy merosni asrab-avaylash bo‘yicha ma’ruza qiladi.
Vaqt: 17.00
Manzil: O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi
Kirish bepul

25 iyun, yakshanba

Lyudoviko Eynaudining musiqiy konserti
Qozog‘istonning Tynda.Music. kamer orkestri “1+1”, “Ko‘chmanchilar o‘lkasi” va boshqa filmlari bilan tomoshabinlar xotirasida qolgan italiyalik bastakor Lyudoviko Eynaudi musiqasi ijrosida konsert dasturini taqdim etadi.
Vaqt: 19.00
Manzil: "Turkiston" san’at saroyi
Chipta naxlari: 130 – 600 ming so‘m.
Yangi Nafas xalqaro yugurish musobaqasi
25 iyun kuni Toshkentda "Humo Arena" sport majmuasi maydonida "Yangi Nafas" marafoni start oladi. Ishtirokchilar Olympic Day munosabati bilan 3 km, 10 km va 1 mil (1,61 km) masofalardan birini tanlashlari mumkin.
Vaqt: 06.00
Manzil: Humo Arena
Ishtirok etish narxi: 75-149 ming so‘m.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: (+998) 71−241−1365, (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072
Xusan Tadjimirzayevning konserti
O‘zbekistonlik ijrochi Xalqlar do‘stligi saroyi sahnasida yakkaxon konsert dasturini namoyish etadi.
Vaqt: 19.00
Manzil: Xalqlar do‘stligi saroyi
Chipta narxi: 80-180 ming so‘m
Ma’lumotlar uchun telefon: (+998) 71−241−1365, (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072
Kulolchilik bo‘yicha mahorat darsi
Ishtirokchilar kulolchilik asoslarini o‘zlashtirib, usta rahbarligida o‘z mahsulotini yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Vaqt: 11:00, 12:00, 14:00, 15:00, 16:00, 17:00, 18:00
Manzil: Masterskaya
Chipta narxlari: 220-320 ming so‘m
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 97−754−0515
Yangiliklar lentasi
0