Dam olish kunlari havo biroz salqin bo‘ladi

© unsplash.com/Maria BaranovaToshkent teleminorasi, arxiv surat
Toshkent teleminorasi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2023
Obuna bo‘lish
Yakshanba kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zgidromet dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, hafta boshida O‘zbekiston bo‘ylab harorat +33…+38 darajagacha pasaydi. Faqat respublikaning eng janubiy hududlari juda issiq havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi. Surxondaryo viloyatida havo +42…+44 darajagacha isidi.
23-24 iyun kunlari respublika bo‘ylab asosan kam bulutli va o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +33…+38, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda +42…+44 atrofida bo‘ladi.
25 iyun, yakshanba kuni, O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin va nam havoning yana bir qismi kirib keladi. Respublika bo‘yicha bulutlilik kuchayadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat yana +2…+4 darajaga, yoz fasli uchun qulay bo‘lgan +31…+34 darajagacha, janubda ba’zi joylarda +38…+40 darajaga pasayadi. Salqin havo kechasi va ertalab seziladi, kechasi harorat +15…+18 darajagacha pasayadi.
Juma kuni janubda va cho‘l hududlarda, 24−25 iyun kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha, ayrim joylarda 20−23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 24−25 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi, shanba kuni kechga tomon va yakshanba kuni shamol tezligi 12−15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23−24 iyunda +34…+36, 25-iyunda +31…+33 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0