Termiz xalqaro aeroportida dispetcherlik minorasi qurilmoqda

© Ministerstvo transportaTermiz xalqaro aeroportidagi dispetcherlik minorasi
Termiz xalqaro aeroportidagi dispetcherlik minorasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2023
Obuna bo‘lish
Obyekt qurilishi ishlarini yakuniga yetkazish muddati loyiha bo‘yicha 2024-yil aprel oyiga mo‘ljallangan.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Termiz xalqaro aeroportida havodagi harakatni boshqarish (HHB) dispetcherlik minorasi qurilishi ishlari boshlandi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
Uni “O‘zaeronavigatsiya” markazi qurmoqda. Qurilish jarayonida ma’muriyat uchun 2 qavatli yangi bino va HHB dispetcherlari uchun minora barpo etilishi rejalashtirilgan. Ikki qavatli bino uzunligi 24 metr, kengligi 15 metr va minora balandligi 20 metrni tashkil etadi.
Obyekt qurilishi ishlarini yakuniga yetkazish muddati loyiha bo‘yicha 2024-yil aprel oyiga mo‘ljallangan.

"Ushbu bino kelajakda havodagi harakatni boshqarishni yanada sifatli amalga oshirish hamda parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat qiladi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Termiz xalqaro aeroporti rekonstruksiyadan so‘ng yana ishga tushirilgandi. Qayta qurish doirasida uzunligi 3000 metr va eni 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yurish yo‘laklari va uchta samolyot to‘xtash joyi uchun perronni o‘z ichiga olgan, yangi 4E toifali aerodrom majmuasi qurildi.
Aeroporti Uzbekistana infografika zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2023
O‘zbekiston xalqaro aeroportlari
Yangiliklar lentasi
0