https://oz.sputniknews.uz/20230622/sudlarga-murojaat-davlat-boji-36207373.html
Ayrim tashkilotlar sudlarga murojaat qilishda davlat bojidan ozod etiladi
Ayrim tashkilotlar sudlarga murojaat qilishda davlat bojidan ozod etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, iqtisodiy sudlar va ma’muriy sudlarga da’vo ariza, ariza va shikoyatlar bilan murojaat qilinganda davlat bojidan ozod qilinishi nazarda tutilmoqda.
2023-06-22T16:32+0500
2023-06-22T16:32+0500
2023-06-22T16:32+0500
siyosat
jamiyat
o‘zbekiston oliy majlisi senati
bojxona boji
raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/13/36081496_0:322:3067:2047_1920x0_80_0_0_79c2f604e14487097b0d888036763a96.jpg
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Senatorlar Oliy Majlis Senatining qirq ikkinchi yalpi majlisida “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qullashdi.Amaldagi "Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunning 8, 9 va 10-moddalarida qo‘mita hamda uning hududiy organlari – o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlar ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan da’volar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan.Ta’kidlanishicha, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining birinchi instansiya sudlarining hal qiluv qarorlariga nisbatan beradigan shikoyatlari amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan degan vajlar bilan yuqori instansiya sudlari tomonidan qaytarilishi holatlari yuzaga kelmoqda.Kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, iqtisodiy sudlar va ma’muriy sudlarga da’vo ariza, ariza va shikoyatlar bilan murojaat qilinganda davlat bojidan ozod qilinishi nazarda tutilmoqda.Senatorlar qonunning qabul qilinishi davlat organlariga sudlarga murojaat qilish uchun ajratilgan davlat boji to‘lovidan tejalgan mablag‘larni tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining va iste’molchilarning huquqlari yanada ishonchli himoya qilinishini ta’minlash uchun yo‘naltirishga xizmat qilishini ta’kidlashdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/13/36081496_78:0:2807:2047_1920x0_80_0_0_27533da76ad84b2e786932b8ed7761f0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi davlat boji ozod qonun
tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi davlat boji ozod qonun
Ayrim tashkilotlar sudlarga murojaat qilishda davlat bojidan ozod etiladi
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga yengillik beriladi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Senatorlar Oliy Majlis Senatining qirq ikkinchi yalpi majlisida “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni
ma’qullashdi. Qonun bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasini hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini sudlarga murojaat qilish chog‘ida davlat bojini to‘lashdan ozod etish nazarda tutilmoqda.
Amaldagi "Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunning 8, 9 va 10-moddalarida qo‘mita hamda uning hududiy organlari – o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlar ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan da’volar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan.
Ta’kidlanishicha, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining birinchi instansiya sudlarining hal qiluv qarorlariga nisbatan beradigan shikoyatlari amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan degan vajlar bilan yuqori instansiya sudlari tomonidan qaytarilishi holatlari yuzaga kelmoqda.
Kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, iqtisodiy sudlar va ma’muriy sudlarga da’vo ariza, ariza va shikoyatlar bilan murojaat qilinganda davlat bojidan ozod qilinishi nazarda tutilmoqda.
Senatorlar qonunning qabul qilinishi davlat organlariga sudlarga murojaat qilish uchun ajratilgan davlat boji to‘lovidan tejalgan mablag‘larni tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining va iste’molchilarning huquqlari yanada ishonchli himoya qilinishini ta’minlash uchun yo‘naltirishga xizmat qilishini ta’kidlashdi.