Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Prezident saylovi bilan bog‘liq savollarga javobni qayerda olish mumkin — rasmiy manbalar

© Sentralnaya izbiratelnaya komissiya Respubliki UzbekistanDosrochnie vibori prezidenta Uzbekistana
Dosrochnie vibori prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2023
Obuna bo‘lish
Prezident saylovi, ovoz berish jarayoni, saylovchilar, nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni rasmiy sahifalar orqali bilib olgan ma’qul. Sputnik saylovga oid savollarga javob olish mumkin bo‘lgan axborot manbalarini jamladi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida rasmiy axborotga oid ma’lumotlarni Markaziy saylov komissiyasining rasmiy sahifalari orqali olish mumkin.
Sputnik saylovga oid savollarga javob olish mumkin bo‘lgan axborot manbalarini jamladi.
Axborot manbalarini jamladi:
Markaziy saylov komissiyasi rasmiy sayti
Telegram
Facebook*
Instagram*
Twitter
YouTube
Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi huzurida “1200” raqamli "Call-center" ishga tushirilgan. Qolaversa saylovga oid ma’lumotlar bilan Saylov 2023 Telegram-kanali orqali ham tanishish mumkin.
Mazkur sahifalar saylov kampaniyasi, ovoz berish jarayoni, saylovchilar, mahalliy va xorijiy kuzatuvchilar hamda saylov jarayonlarining boshqa ishtirokchilari haqida ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi.
*Meta (Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari) faoliyati Rossiyada ekstremistik sifatida taqiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga belgilangan. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 28-iyun-5 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Tashqi ishlar vazirligining MSKga kelib tushgan taqdimnomasiga asosan 39 ta O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuziladi.
Prezidentlikka Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0