Pekin Xalqaro turizm ko‘rgazmasida O‘zbekiston sayyohlik salohiyati namoyish etildi

© "Dunyo" AAPekin Xalqaro turizm ko‘rgazmasi
Pekin Xalqaro turizm ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2023
Obuna bo‘lish
16-19 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmaga 1 milliondan ziyod xorijiy va mahalliy mehmonlar tashrif buyurdi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Xitoy poytaxtida o‘tkazilgan 18-Pekin Xalqaro turizm ko‘rgazmasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Mazkur tadbirda dunyoning 20 dan ziyod mamlakatidan 1000 dan ortiq turizm sohasi vakillari va mutaxassislari ishtirok etdi. 16-19 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmaga 1 milliondan ziyod xorijiy va mahalliy mehmonlar tashrif buyurdi.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning “Rocket DMC Uzbekistan”, “Silk Road Samarkand” va boshqa bir qator turistik kompaniyalari ishtirok etib, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini namoyish etdi.
“O‘zbekiston stendi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlar, O‘zbekistondagi turizmning turli yo‘nalishlarini o‘zida aks ettiruvchi foto va video materiallar taqdim etildi”, - deyiladi xabarda.
Ko‘rgazma doirasida, shuningdek, turizm kompaniyalari vakillari “V2V” formatida uchrashuvlar o‘tkazish, yangi hamkorlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Pekin Xalqaro turizm ko‘rgazmasi Xitoyda o‘tkaziladigan global turizm resurslari va mahsulotlarini targ‘ib qilish va turizm iste’molini rag‘batlantirish uchun muhim almashinuv va savdo maydonchasi hisoblanadi. Ko‘rgazmada turistik ko‘chmas mulk, turistik tovarlar, maxsus shaharlar, intellektual turizm, sport turizmi, tibbiy turizm kabi yo‘nalishlardagi loyihalar namoyish etiladi.
Yangiliklar lentasi
0