O‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona nazorati natijalarini o‘zaro tan olishni rejalashtirmoqda

© Tamojenniy komitet RUzO‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona xizmatlari vakillarining uchrashuvi
O‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona xizmatlari vakillarining uchrashuvi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasida “Yagona oyna” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar faollashtiriladi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona tartib-taomillarini avtomatlashtirish, bojxona nazorati natijalarini o‘zaro tan olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Ikki davlat bojxona xizmatlari vakillarining uchrashuvida tranzit tartib-qoidalarini soddalashtirish, chegarada avtotransport vositalarining to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, bojxona deklaratsiyasi va tovarlarni nazorat qilish jarayonlari masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar bojxona operatsiyalarini raqamlashtirish bo‘yicha ham tajribalar almashishdi.
“Uchrashuv yakunlari bo‘yicha bojxona tartib-taomillarini avtomatlashtirish, bojxona nazorati natijalarini o‘zaro tan olish va O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasida “Yagona oyna” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, tomonlar Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqasi mamlakatlarida qog‘ozsiz raqamli tranzit ekotizimini joriy etish bo‘yicha xalqaro hujjat loyihasini tayyorlashga kirishgan.
Yangiliklar lentasi
0