https://oz.sputniknews.uz/20230622/nato-kiev-haqiqat-36212779.html
“Hammasiga — bir oydan kamroq muddat”. NATO Kiyev uchun noqulay haqiqatni oshkor qildi
“Hammasiga — bir oydan kamroq muddat”. NATO Kiyev uchun noqulay haqiqatni oshkor qildi
Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Atlantika ittifoqi o‘z sanoatining zaifligini rasman tasdiqladi. Bosh kotib Yens Stoltenbergning tan olishicha, harbiy blok a’zolarining o‘q-dori va qurollar omborlari Kiyevga yetkazib berilayotgan ta’minot tufayli bo‘shab qolgan.
2023-06-22T22:21+0500
2023-06-22T22:21+0500
2023-06-22T22:21+0500
kolumnistlar
ukraina
aqsh
yevropa ittifoqi
germaniya
harbiy texnika
harbiy hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/16/36200978_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_ffffffe55ca380338515c05b58b78a55.jpg
Bosh kotib Yens Stoltenbergning tan olishicha, harbiy blok a’zolarining o‘q-dori va qurollar omborlari Kiyevga yetkazib berilayotgan ta’minot tufayli bo‘shab qolgan.Bir necha kun davomidaBrussel bu qurolli mojaroning bunchalik shiddatli bo‘lishini kutmagani aniq. Harbiy harakatlar pozitsion xususiyat kasb etdi. Birinchi jahon urushida bo‘lgani kabi artilleriya zalpining ahamiyati hal qiluvchi omil bo‘ldi. Shuning uchun Ukraina Qurolli kuchlariga saxiylik bilan o‘q-dorilarni taqdim etishdi — ular esa Donbass shaharlarini o‘qqa tutdilar.Germaniyaning “Der Spiegel” nashri yaqinda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistoriusning ochiqchasiga gapirilgan fikrlarini e’lon qildi. Germaniya armiyasi esa ittifoqda kuch bo‘yicha rasmiy ravishda AQSh va Turkiyadan keyin uchinchi hisoblanadi. Boshqa donor mamlakatlarda esa — AQSh bundan mustasno — vaziyat yaxshi emas.Vazir hukumat rahbarlarini ommaviy xaridlarni moliyalashtirishga va 230 ming o‘q-dori to‘plashga da’vat qildi. Bu ham unchalik ko‘p emas — bir oylik jang uchungina yetadi. Berlin esa bunday zaxiralarga faqat 2031-yilgacha erishmoqchi.Germaniya va boshqa Yevropa davlatlarining mudofaa sanoati asosiy “sarflanadigan materiallar” — artilleriya snaradlarini to‘ldirishga tayyor emas bo‘lib chiqdi.Asosiy foyda ko‘ruvchiFaqat AQSh katta arsenallarga ega. Ularning Janubiy Koreya va Isroildagi “yashirin xazina”siga hali tegilmagan. Vashington uchun hozirgi vaziyat qo‘l kelmoqda.Shu sababli amerikaliklar Yevropa ishlab chiqarish obyektlarini faol ravishda o‘ziga og‘dirib olmoqda va o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqda. Ular kuzgacha snarad ishlab chiqarishni oyiga 20 mingga, 2025-yilga kelib — 40 mingga yetkazmoqchi. Ukraina mojarosi uchun bu ham oz. Ammo “tajovuzkor Rossiya”dan cho‘chigan harbiy blokdagi ittifoqchilar jon holatda yulib olishlari uchun kifoya.Xuddi shu nayrangni, aftidan, ular boshqa turdagi qurollar bilan ham ishga solishmoqchi. Masalan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga Kiyevga yuborilgan “Leopardlar”ni (150 dan ortiq) “Abramslar” bilan almashtirishni tavsiya etishdi.Umuman olganda, Yevropa bunga qarshi emas. Shunday qilib, 2022-yilning kuzida Germaniya kansleri Olaf Shols “Yevropa osmon qalqoni” tashabbusini ilgari surdi: yagona havo mudofaa tizimini shakllantirish. U barcha ittifoqchilarga Amerika "Patriot" havo mudofaa tizimlarini sotib olishni taklif qildi.Eski narsalardan xalos bo‘lishNATO boshqa muammolarga ham duch keldi. Kiyevga G‘arb qurollari uchun 800 million dollar sarfladi. "The New York Times" gazetasining ikki manbasiga ko‘ra, buyurtmalarning bir qismi bajarilmagan va mablag‘lar qaytarilgan. Natijada bahorgacha yuz millionlik shartnomalar to‘xtab qoldi.Bundan tashqari, yetkazib berilgan qurollar ko‘pincha sifatsiz edi. Harbiy texnika jiddiy ta’mirlashni talab qilar yoki faqat ehtiyot qismlariga yarar edi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, UQK qurollarining 30 foizga yaqini hozirda ta’mirlash bazalarida.NATO mamlakatlarida Kiyev yordamida keraksiz va likvid bo‘lmagan buyumlardan — omborlardagi eskirgan va yo‘q qilish qimmat bo‘lgan narsalardan xalos bo‘lishga umid qilganlarini endi ochiq-oydin ma’lum qilishmoqda. Biroq, Brussel mojaroning bunday ko‘lamga ega bo‘lishini kutmaganligi aniq. Mojaro davom etgani sari Yevropa Ittifoqining mudofaa qobiliyati shunchalik ko‘p zarar ko‘rmoqda va AQShga harbiy qaramlik kuchaymoqda. Aynan Vashingtonda jangovar harakatlarni davom ettirish talab qilinayotgani bejiz emas.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Andrey Kos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/438/41/4384134_262:0:2310:2048_100x100_80_0_0_52cf3ba73eab3192ab97df66b0fde5e6.jpg
Andrey Kos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/438/41/4384134_262:0:2310:2048_100x100_80_0_0_52cf3ba73eab3192ab97df66b0fde5e6.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/16/36200978_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_d605ec7960ba0cdfaf8c95444402158e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Andrey Kos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/438/41/4384134_262:0:2310:2048_100x100_80_0_0_52cf3ba73eab3192ab97df66b0fde5e6.jpg
nato ukraina
“Hammasiga — bir oydan kamroq muddat”. NATO Kiyev uchun noqulay haqiqatni oshkor qildi
Shimoliy Atlantika ittifoqi o‘z sanoatining zaifligini rasman tasdiqladi.
Bosh kotib Yens Stoltenbergning tan olishicha, harbiy blok a’zolarining o‘q-dori va qurollar omborlari Kiyevga yetkazib berilayotgan ta’minot tufayli bo‘shab qolgan.
Brussel bu qurolli mojaroning bunchalik shiddatli bo‘lishini kutmagani aniq. Harbiy harakatlar pozitsion xususiyat kasb etdi. Birinchi jahon urushida bo‘lgani kabi artilleriya zalpining ahamiyati hal qiluvchi omil bo‘ldi. Shuning uchun Ukraina Qurolli kuchlariga saxiylik bilan o‘q-dorilarni taqdim etishdi — ular esa Donbass shaharlarini o‘qqa tutdilar.
Germaniyaning “Der Spiegel” nashri yaqinda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistoriusning ochiqchasiga gapirilgan fikrlarini e’lon qildi.
U Bundesverda NATOning 155 millimetrlik asosiy kalibrli snaradlari atigi 20 mingga yaqin borligini tan oldi. Bu Ukraina armiyasi uchun maksimal uch yoki to‘rt kunga yetadi — hatto qaynoq hududda bo‘lmasa ham.
Germaniya armiyasi esa ittifoqda kuch bo‘yicha rasmiy ravishda AQSh va Turkiyadan keyin uchinchi hisoblanadi. Boshqa donor mamlakatlarda esa — AQSh bundan mustasno — vaziyat yaxshi emas.
Vazir hukumat rahbarlarini ommaviy xaridlarni moliyalashtirishga va 230 ming o‘q-dori to‘plashga da’vat qildi. Bu ham unchalik ko‘p emas — bir oylik jang uchungina yetadi. Berlin esa bunday zaxiralarga faqat 2031-yilgacha erishmoqchi.
Germaniya va boshqa Yevropa davlatlarining mudofaa sanoati asosiy “sarflanadigan materiallar” — artilleriya snaradlarini to‘ldirishga tayyor emas bo‘lib chiqdi.
Faqat AQSh katta arsenallarga ega. Ularning Janubiy Koreya va Isroildagi “yashirin xazina”siga hali tegilmagan. Vashington uchun hozirgi vaziyat qo‘l kelmoqda.
“NATO sammitlarida Yevropa yetakchilari Vashingtondan “mudofaa xarajatlarini oshirish” kabi ochiq xabar olishadi, deb yozadmoqda “Politico” nashri. “Alohida esa ularga tushuntiriladi: Amerika qurollarini sotib oling”.
Shu sababli amerikaliklar Yevropa ishlab chiqarish obyektlarini faol ravishda o‘ziga og‘dirib olmoqda va o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqda. Ular kuzgacha snarad ishlab chiqarishni oyiga 20 mingga, 2025-yilga kelib — 40 mingga yetkazmoqchi. Ukraina mojarosi uchun bu ham oz. Ammo “tajovuzkor Rossiya”dan cho‘chigan harbiy blokdagi ittifoqchilar jon holatda yulib olishlari uchun kifoya.
Xuddi shu nayrangni, aftidan, ular boshqa turdagi qurollar bilan ham ishga solishmoqchi. Masalan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga Kiyevga yuborilgan “Leopardlar”ni (150 dan ortiq) “Abramslar” bilan almashtirishni tavsiya etishdi.
Umuman olganda, Yevropa bunga qarshi emas. Shunday qilib, 2022-yilning kuzida Germaniya kansleri Olaf Shols “Yevropa osmon qalqoni” tashabbusini ilgari surdi: yagona havo mudofaa tizimini shakllantirish. U barcha ittifoqchilarga Amerika "Patriot" havo mudofaa tizimlarini sotib olishni taklif qildi.
Eski narsalardan xalos bo‘lish
NATO boshqa muammolarga ham duch keldi. Kiyevga G‘arb qurollari uchun 800 million dollar sarfladi. "The New York Times" gazetasining ikki manbasiga ko‘ra, buyurtmalarning bir qismi bajarilmagan va mablag‘lar qaytarilgan. Natijada bahorgacha yuz millionlik shartnomalar to‘xtab qoldi.
Bundan tashqari, yetkazib berilgan qurollar ko‘pincha sifatsiz edi. Harbiy texnika jiddiy ta’mirlashni talab qilar yoki faqat ehtiyot qismlariga yarar edi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, UQK qurollarining 30 foizga yaqini hozirda ta’mirlash bazalarida.
Shu bilan birga, Kiyev g‘arblik hamkorlarini tanqid qilmaslikka harakat qilmoqda. Masalan, Amerikaning "Ultra Defense Corporation" kompaniyasiga gaubitsalarni ta’mirlash uchun 19,8 million dollar to‘langan. Ular “jangovar vazifalarni bajarishga yaroqsiz” holatda qaytarilgan.
NATO mamlakatlarida Kiyev yordamida keraksiz va likvid bo‘lmagan buyumlardan — omborlardagi eskirgan va yo‘q qilish qimmat bo‘lgan narsalardan xalos bo‘lishga umid qilganlarini endi ochiq-oydin ma’lum qilishmoqda. Biroq, Brussel mojaroning bunday ko‘lamga ega bo‘lishini kutmaganligi aniq. Mojaro davom etgani sari Yevropa Ittifoqining mudofaa qobiliyati shunchalik ko‘p zarar ko‘rmoqda va AQShga harbiy qaramlik kuchaymoqda. Aynan Vashingtonda jangovar harakatlarni davom ettirish talab qilinayotgani bejiz emas.