https://oz.sputniknews.uz/20230622/mamuriy-jarima-miqdori-belgilangan-summa-yuqori-36199431.html
Ma’muriy jarima miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori bo‘lmaydi
Ma’muriy jarima miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori bo‘lmaydi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Senatining qirq ikkinchi yalpi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.
2023-06-22T13:54+0500
2023-06-22T13:54+0500
2023-06-22T14:14+0500
jamiyat
o‘zbekiston oliy majlisi senati
jarima
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363521_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_eb06e05ac1f98f9394d15f2294c6012f.jpg
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Senatining qirq ikkinchi yalpi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Bu haqda parlamentning yuqori palatasi axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, ijro hujjati bo‘yicha qarzdor undirilishi lozim bo‘lgan qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lamasa, Majburiy ijro burosi tomonidan qarzdorga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilishi, ushbu jarimaning miqdori esa kodeksga ko‘ra fuqarolarga nisbatan 300 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha, mansabdor shaxslarga nisbatan 1,5 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha belgilanishi mumkinligi qonunchilik bilan mustahkamlab qo‘yilgan.Qonun bilan qo‘llaniladigan jarimaning miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori bo‘lishi mumkin emasligi borasida norma kiritilmoqda.Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 198.1-moddasida (Qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo qo‘llashga endilikda O‘zbekiston Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek Majburiy ijro burosining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari haqli ekanligi belgilanmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363521_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_68cdc035195c3ff2ac606e85092b5880.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ma’muriy jarima miqdori ijro hujjati undirilishi senat qonun o‘zbekiston
ma’muriy jarima miqdori ijro hujjati undirilishi senat qonun o‘zbekiston
Ma’muriy jarima miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori bo‘lmaydi
13:54 22.06.2023 (yangilandi: 14:14 22.06.2023) Qonun bilan qo‘llaniladigan jarimaning miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori bo‘lishi mumkin emasligi borasida norma kiritilmoqda.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Senatining qirq ikkinchi yalpi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Bu haqda parlamentning yuqori palatasi axborot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, ijro hujjati bo‘yicha qarzdor undirilishi lozim bo‘lgan qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lamasa, Majburiy ijro burosi tomonidan qarzdorga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilishi, ushbu jarimaning miqdori esa kodeksga ko‘ra fuqarolarga nisbatan 300 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha, mansabdor shaxslarga nisbatan 1,5 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha belgilanishi mumkinligi qonunchilik bilan mustahkamlab qo‘yilgan.
“150 ming so‘m qarzni to‘lamaganlik uchun 300 ming so‘m jarima solish – bu adolatdan emas, albatta. Qolaversa, bunday amaliyot yangi konstitutsiyaviy qoidaga, ya’ni fuqaroga qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir chorasi mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va yetarli bo‘lishi kerakligi qoidasiga mutlaqo zid”, -
dedi Senat raisi Tanzila Narbayeva.
Qonun bilan qo‘llaniladigan jarimaning miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori bo‘lishi mumkin emasligi borasida norma kiritilmoqda.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 198.1-moddasida (Qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo qo‘llashga endilikda O‘zbekiston Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek Majburiy ijro burosining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari haqli ekanligi belgilanmoqda.