https://oz.sputniknews.uz/20230622/davlat-tilini-rivojlantirish-departamentiga-yangi-mudir-36219635.html
Davlat tilini rivojlantirish departamentiga yangi mudir tayinlandi
Davlat tilini rivojlantirish departamentiga yangi mudir tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Shoir Nodir Jonuzoq 1976-yilda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ko‘p yillar "Yoshlik" jurnaliga bosh muharrirlik qilgan.U 2018-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2019-yil dekabridan uyushma raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
2023-06-22T20:02+0500
2023-06-22T20:02+0500
2023-06-22T20:02+0500
jamiyat
davlat tilini rivojlantirish departamenti
nodirjon xolbo‘tayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/16/36219463_95:21:680:350_1920x0_80_0_0_6c8c12ccafa1a4310b7fce858e92e845.jpg
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Nodirjon Xolbo‘tayev (Nodir Jonuzoq) Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.Shoir Nodir Jonuzoq 1976-yilda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ko‘p yillar "Yoshlik" jurnaliga bosh muharrirlik qilgan.U 2018-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2019-yil dekabridan uyushma raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.2022 yilning aprel oyi o‘rtalarida prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. O‘sha yilning dekabrida Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi.Davlat tilini rivojlantirish departamenti ilk bor 2019-yil 21-oktabrda, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30-yilligi kunida tashkil etilgan. 2022-yilda departament Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentiga aylantirilgan. Keyinchalik mazkur tuzilma prezidentning ma’muriy islohotlar to‘g‘risidagi farmoni bilan bekor qilingan. 4 oy o‘tib Davlat tilini rivojlantirish departamenti Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida qayta tashkil etildi.Departamentning asosiy vazifalaridan biri davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratini joriy etishdan iborat.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/16/36219463_138:16:632:387_1920x0_80_0_0_9299cc3fb41729a7570235fba1f425d5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nodir jonuzoq davlat tili departamenti mudir ma’lumot
nodir jonuzoq davlat tili departamenti mudir ma’lumot
Davlat tilini rivojlantirish departamentiga yangi mudir tayinlandi
Shoir Nodir Jonuzoq Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri bo‘ldi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Nodirjon Xolbo‘tayev (Nodir Jonuzoq) Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA
xabar berdi.
Shoir Nodir Jonuzoq 1976-yilda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ko‘p yillar "Yoshlik" jurnaliga bosh muharrirlik qilgan.
U 2018-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2019-yil dekabridan uyushma raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
2022 yilning aprel oyi o‘rtalarida prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. O‘sha yilning dekabrida Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi.
Davlat tilini rivojlantirish departamenti ilk bor 2019-yil 21-oktabrda, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30-yilligi kunida
tashkil etilgan. 2022-yilda departament Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentiga aylantirilgan. Keyinchalik mazkur tuzilma prezidentning ma’muriy islohotlar to‘g‘risidagi farmoni bilan bekor qilingan. 4 oy o‘tib Davlat tilini rivojlantirish departamenti Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida qayta tashkil etildi.
Departamentning asosiy vazifalaridan biri davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratini joriy etishdan iborat.