https://oz.sputniknews.uz/20230621/ozbekiston-qatar-sport-36138096.html
O‘zbekiston va Qatar sport sohasidagi hamkorlikni kuchaytiradi
O‘zbekiston va Qatar sport sohasidagi hamkorlikni kuchaytiradi
Sputnik O‘zbekiston
Qatar tomoni o‘zbek sportining kuchli maktabga ega ekani, ayniqsa, yakkakurash turlarida atletlarning jahonda yetakchilar qatoriga kirishini alohida ta’kidladi.
2023-06-21T11:32+0500
2023-06-21T11:32+0500
2023-06-21T13:38+0500
sport
o‘zbekiston
qatar
hamkorlik
milliy olimpiya qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/15/36138431_0:110:1142:752_1920x0_80_0_0_5f15ee1327e4b87f6f32da92e3241a73.jpg
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Qatar sportidagi hamkorlikning yangi qirralari muhokama qilindi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.Ta’kidlanishicha, ayni kunlarda Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) va Qatar Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Tani ibn Abdulrahmon Al Quvari Toshkentda mehmon bo‘lib turibdi. Ushbu tashrifdan O‘zbekiston va Qatar mamlakatlari o‘rtasida sport sohasida yaqin hamkorlikni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.Yoshlar siyosati va sport vazirligida Tani ibn Abdulrahmon Al Quvari bilan ushbu yo‘nalishdagi mavzular muhokama qilindi. Mehmonlarni vazir Adham Ikramov va OOK vitse-prezidenti Otabek Umarov qarshi oldi.Qayd etilishicha, shundan so‘ng har ikki tomon o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Qatarning O‘zbekistondagi Favquloddagi va Muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim, vazir o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov hamda MOQ raisi o‘rinbosari Azizjon Kamilov ham ishtirok etdi.Uchrashuv davomida har ikki Milliy Olimpiya qo‘mitalari o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlariga hamkorlikda tayyorgarlik ko‘rish, terma jamoalar o‘rtasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini ko‘proq tashkil etish, zamonaviy sport obyektlarini qurish va bu borada o‘zaro tajriba almashish mavzulari muhokama qilindi.O‘z o‘rnida, Qatar tomoni o‘zbek sportining kuchli maktabga ega ekani, ayniqsa, yakkakurash turlarida atletlarning jahonda yetakchilar qatoriga kirishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, mehmonlar o‘zbek sporti bilan hamkorlik qilishdan mamnun bo‘lishlarini bildirdi.
o‘zbekiston
qatar
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/15/36138431_126:76:1059:775_1920x0_80_0_0_d4852468b355dec40391e6fd256b63b3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston qatar sport
O‘zbekiston va Qatar sport sohasidagi hamkorlikni kuchaytiradi
11:32 21.06.2023 (yangilandi: 13:38 21.06.2023) Qatar tomoni o‘zbek sportining kuchli maktabga ega ekani, ayniqsa, yakkakurash turlarida atletlarning jahonda yetakchilar qatoriga kirishini alohida ta’kidladi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Qatar sportidagi hamkorlikning yangi qirralari muhokama qilindi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, ayni kunlarda Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) va Qatar Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Tani ibn Abdulrahmon Al Quvari Toshkentda mehmon bo‘lib turibdi. Ushbu tashrifdan O‘zbekiston va Qatar mamlakatlari o‘rtasida sport sohasida yaqin hamkorlikni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
Yoshlar siyosati va sport vazirligida Tani ibn Abdulrahmon Al Quvari bilan ushbu yo‘nalishdagi mavzular muhokama qilindi. Mehmonlarni vazir Adham Ikramov va OOK vitse-prezidenti Otabek Umarov qarshi oldi.
Qayd etilishicha, shundan so‘ng har ikki tomon o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Qatarning O‘zbekistondagi Favquloddagi va Muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim, vazir o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov hamda MOQ raisi o‘rinbosari Azizjon Kamilov ham ishtirok etdi.
Uchrashuvning ikkinchi qismi Milliy Olimpiya qo‘mitasida davom etdi. Unda mehmonni qo‘mita bosh kotibi Oybek Kasimov va Azizjon Kamilov kutib oldi. MOQ bosh kotibi yaqinlashib kelayotgan Olimpiya kunini katta masshtabdagi ommaviy yugurish musobaqasi bilan kutib olishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini qo‘shimcha qildi.
Uchrashuv davomida har ikki Milliy Olimpiya qo‘mitalari o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlariga hamkorlikda tayyorgarlik ko‘rish, terma jamoalar o‘rtasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini ko‘proq tashkil etish, zamonaviy sport obyektlarini qurish va bu borada o‘zaro tajriba almashish mavzulari muhokama qilindi.
O‘z o‘rnida, Qatar tomoni o‘zbek sportining kuchli maktabga ega ekani, ayniqsa, yakkakurash turlarida atletlarning jahonda yetakchilar qatoriga kirishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, mehmonlar o‘zbek sporti bilan hamkorlik qilishdan mamnun bo‘lishlarini bildirdi.