https://oz.sputniknews.uz/20230621/nega-bolalar-bogchaga-borishni-istashmaydi-36143586.html
Nega bolalar bog‘chaga borishni istashmaydi — 5 ta sabab va uning yechimi
Nega bolalar bog‘chaga borishni istashmaydi — 5 ta sabab va uning yechimi
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘p holatlarda bolaning injiqliklari uzog‘i 10 kun davom etadi. Lekin, ota-onalar bog‘cha tarbiyachilariga o‘z farzandalarini ishonmasliklari ham bola ongiga ta’sir qiladi.
2023-06-21T13:42+0500
2023-06-21T13:42+0500
2023-06-21T16:27+0500
jamiyat
o‘zbekiston
bog‘chalar
bolalar
oila
maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/06/15949306_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_32683d8e07548a68e511637908205edb.jpg
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Har bir oila farzandini necha yoshda bog‘chaga berish xaqida bosh qotiradi. Kimdir bolani bog‘chaga berish uchun eng maqbul yoshni 3 yosh deb o‘ylasa, yana kimdir vaqtliroq harakat qilish kerak, deb xisoblaydi. Pedagog Nigora Daminova Sputnik muxbiriga bolalarni bog‘chaga tayyorlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan tavsiyalarni bo‘lishdi.Ota-onalar farzandlarini necha yoshdan bog‘chaga berganlari ma’qul?Davlat bog‘chalariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Xususiy bog‘chalar esa o‘zlarida belgilangan tartibdan kelib chiqib qabul qiladi. Psixologlar bolalarni uch yoshda bog‘chaga yuborish yaxshiroq deb hisoblashadi. Ammo, amaliyot buning aksini ko‘rsatmoqda. Uch yosh bola bog‘chaga ikki yarim yoki to‘rt yoshli bolaga qaraganda ko‘proq jizzaki munosabatda bo‘ladi. Ko‘p xolatlarda uch yoshli bolalar krizis (inqiroz)ni boshdan kechiradilar. Krizis vaqtida bolani bog‘chaga berish xato. Sababi u bu orqali ikki barobar ziyon ko‘rishi mumkin.Nega bolalar bog‘chaga borishni istamaydilar va bunday holatlarda qanday yo‘l tutish kerak?Amaliyotimda bog‘chaga borishni istamaydigan bolalarni ham uchratganman. Bunga asosan, bog‘chaning muhiti ta’sir qilishi mumkin. Bunda bolaga bog‘cha opaning munosabati yoqmasligi yoki bog‘chada bolalar uni ajratib qo‘ygan bo‘lishi ham mumkin. Agar bunday jarayon davom etsa, bog‘chani yaxshilab o‘rganish va kerak bo‘lsa uni almashtirish xaqida ham o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi.Yana bir sabab, bolaning uydagi qulaylik qobig‘idan chiqishni istamagani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Onalar uyda bolaga telefon yoki shu kabi gadjetlardan foydalanishiga ruhsat berishi yoki kun bo‘yi televizor qarshisida o‘tirishga o‘rganib qolgan bola bog‘chada shu narsalarni qumsashi tabiiy. Ko‘p holatlarda bola ota-onasidan ayrilishni istamay, injiqlik qilishi mumkin. Lekin bu uzog‘i 10 kun davom etadi. Undan so‘ng bola ota-onasini ma’lum bir soat davomida ko‘rmaslikni qabul qilib, bog‘cha muhitiga moslashadi. Bolani bog‘chaga bermaslik xato. Chunki, ular insonlarga va jamiyatga qo‘shilishni bog‘chadan boshlaydi.Ota-onalarga farzandlarini bog‘chaga tayyorlash uchun maslahatlar bera olasizmi?Ota-onalar farzandlarini bog‘chaga berishdan oldin o‘zlari bunga tayyor bo‘lishlari kerak deb o‘ylayman. Sababi ko‘p kuzatiladigan holatlardan biri ota-onalar bog‘cha tarbiyachilariga o‘z farzandlarini ishonishmaydi. Xavotir olishlar, kun bo‘yi yomon gumonda bo‘lib, farzandim yiqildimi yoki yig‘ladimi deb xayolingizdan o‘tkazishingiz ham bola ongiga ta’sir qiladi. Ota-onalar uchun bir nechta maslahatlar:Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, hozirda O‘zbekistonda 6 598 ta davlat, 833 ta xususiy, 1 313 ta davlat xususiy sheriklik asosidagi nodavlat va 20 676 ta oilaviy nodavlat bog‘cha faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.So‘nggi besh yil mobaynida esa 438 ta yangi davlat bog‘chalari qurilib, 2 064 tasida rekonstruksiya, 785 ta bog‘chada mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/06/15949306_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_dceea8ca4d077ba0bb224082036d3f78.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston bog‘cha bolalar ota-onalar bog‘cha yoshi maktabgacha ta’lim maslahat bog‘chaopa tarbiyachi
o‘zbekiston bog‘cha bolalar ota-onalar bog‘cha yoshi maktabgacha ta’lim maslahat bog‘chaopa tarbiyachi
Nega bolalar bog‘chaga borishni istashmaydi — 5 ta sabab va uning yechimi
13:42 21.06.2023 (yangilandi: 16:27 21.06.2023) Ko‘p holatlarda bolaning injiqliklari uzog‘i 10 kun davom etadi. Lekin, ota-onalar bog‘cha tarbiyachilariga o‘z farzandlarini ishonmasliklari ham bola ongiga ta’sir qiladi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Har bir oila farzandini necha yoshda bog‘chaga berish xaqida bosh qotiradi. Kimdir bolani bog‘chaga berish uchun eng maqbul yoshni 3 yosh deb o‘ylasa, yana kimdir vaqtliroq harakat qilish kerak, deb xisoblaydi. Pedagog Nigora Daminova Sputnik muxbiriga bolalarni bog‘chaga tayyorlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan tavsiyalarni bo‘lishdi.
Ota-onalar farzandlarini necha yoshdan bog‘chaga berganlari ma’qul?
Davlat bog‘chalariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Xususiy bog‘chalar esa o‘zlarida belgilangan tartibdan kelib chiqib qabul qiladi. Psixologlar bolalarni uch yoshda bog‘chaga yuborish yaxshiroq deb hisoblashadi. Ammo, amaliyot buning aksini ko‘rsatmoqda. Uch yosh bola bog‘chaga ikki yarim yoki to‘rt yoshli bolaga qaraganda ko‘proq jizzaki munosabatda bo‘ladi. Ko‘p xolatlarda uch yoshli bolalar krizis (inqiroz)ni boshdan kechiradilar. Krizis vaqtida bolani bog‘chaga berish xato. Sababi u bu orqali ikki barobar ziyon ko‘rishi mumkin.
Nega bolalar bog‘chaga borishni istamaydilar va bunday holatlarda qanday yo‘l tutish kerak?
Amaliyotimda bog‘chaga borishni istamaydigan bolalarni ham uchratganman. Bunga asosan, bog‘chaning muhiti ta’sir qilishi mumkin. Bunda bolaga bog‘cha opaning munosabati yoqmasligi yoki bog‘chada bolalar uni ajratib qo‘ygan bo‘lishi ham mumkin. Agar bunday jarayon davom etsa, bog‘chani yaxshilab o‘rganish va kerak bo‘lsa uni almashtirish xaqida ham o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi.
Yana bir sabab, bolaning uydagi qulaylik qobig‘idan chiqishni istamagani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Onalar uyda bolaga telefon yoki shu kabi gadjetlardan foydalanishiga ruhsat berishi yoki kun bo‘yi televizor qarshisida o‘tirishga o‘rganib qolgan bola bog‘chada shu narsalarni qumsashi tabiiy. Ko‘p holatlarda bola ota-onasidan ayrilishni istamay, injiqlik qilishi mumkin. Lekin bu uzog‘i 10 kun davom etadi. Undan so‘ng bola ota-onasini ma’lum bir soat davomida ko‘rmaslikni qabul qilib, bog‘cha muhitiga moslashadi. Bolani bog‘chaga bermaslik xato. Chunki, ular insonlarga va jamiyatga qo‘shilishni bog‘chadan boshlaydi.
Ota-onalarga farzandlarini bog‘chaga tayyorlash uchun maslahatlar bera olasizmi?
Ota-onalar farzandlarini bog‘chaga berishdan oldin o‘zlari bunga tayyor bo‘lishlari kerak deb o‘ylayman. Sababi ko‘p kuzatiladigan holatlardan biri ota-onalar bog‘cha tarbiyachilariga o‘z farzandlarini ishonishmaydi. Xavotir olishlar, kun bo‘yi yomon gumonda bo‘lib, farzandim yiqildimi yoki yig‘ladimi deb xayolingizdan o‘tkazishingiz ham bola ongiga ta’sir qiladi.
Ota-onalar uchun bir nechta maslahatlar:
bolani bog‘chaga bergan vaqtda uni so‘rg‘ichlardan ayirmaslik lozim. Avval so‘rg‘ichlardan ayirib, keyin bog‘chaga bergan ma’qul;
bog‘chaning rejimiga moslashing. Ya’ni uyda ham bog‘chadagidek uyqu va ovqatlanish rejimini qo‘llang;
bolaga uyda sevib o‘ynaydigan o‘yinchog‘ini bog‘chaga olib borishiga ruhsat bering;
kechqurun bolalar bog‘chasi atrofida farzandingiz bilan sayr qiling. Farzandingiz o‘zi kabi bolalarni ota-onalari tashqarida kutib o‘tirganliklarini va olib ketishayotganini ko‘rsa, u ham qolib ketmasligiga amin bo‘ladi;
farzandingizni bog‘chaga sekinlik bilan o‘rgating. Unda moslashuv paydo bo‘lgandagina u o‘zini yaxshiroq his qiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, hozirda O‘zbekistonda 6 598 ta davlat, 833 ta xususiy, 1 313 ta davlat xususiy sheriklik asosidagi nodavlat va 20 676 ta oilaviy nodavlat bog‘cha faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
So‘nggi besh yil mobaynida esa 438 ta yangi davlat bog‘chalari qurilib, 2 064 tasida rekonstruksiya, 785 ta bog‘chada mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.