Farg‘onada mushukni tirik holda yoqib yuborganlarga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi — video

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishKotonok. Illyustrativnoe foto
Kotonok. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2023
Obuna bo‘lish
Bugun ochiq sud majlisida 3 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Farg‘onada mushukni tirik holda yoqib yuborgan uch nafar shaxsga nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud ma’lum qildi.
Farg‘onada mushukni tirik holda yoqib yuborgan uch nafar shaxsga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 111-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.
Quvasoy shahar prokurorining protesti bilan yuqoridagi qaror bekor qilinib, huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismi va 189-1-moddasi bilan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudiga yuborilgan.
Bugun ochiq sud majlisida M. A. (1983 yil), Az. A. (1995 yil), va As. A. (2005 yil) shaxslarga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi.
Qarorga ko‘ra:
M. A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismi va 189-1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilib, unga ushbu kodeksning 34-moddasiga asosan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi;
Az. A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi;
As. A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Farg‘ona viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi ma’lum qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0