Budjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanganlik uchun javobgarlik oshiriladi

© pexels.com/Towfiqu barbhuiyaSudya molotok
Sudya molotok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2023
Obuna bo‘lish
Davlat budjeti mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash va rahbarlarning javobgarligini oshirish uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha qoidalar kiritilmoqda.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda budjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanganlik uchun javobgarlik oshiriladi.
Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasida “Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanishicha, mazkur qonun Hisob palatasining faoliyatini to‘g‘ri va samarali tashkil etish, uning budjet mablag‘lari ustidan tizimli nazorat o‘rnatish samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan.
Qonun bilan davlat budjeti mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash va rahbarlarning javobgarligini oshirish uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha qoidalar kiritilmoqda.
Jumladan, budjet tashkilotlarining, budjet mablag‘larini oluvchilarning, davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning mol-mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish aniqlangan taqdirda Hisob palatasi tomonidan ma’muriy jarimaga tortilishi belgilanmoqda.
Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, palata faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik oldida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida hisobot berib borish tizimi joriy qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0