https://oz.sputniknews.uz/20230620/saylov-uchastkasini-aniqlash-36100420.html
Saylov uchastkasini qanday aniqlash mumkin — qo‘llanma
Saylov uchastkasini qanday aniqlash mumkin — qo‘llanma
Sputnik O‘zbekiston
Saylov uchastkasini aniqlash imkoniyati Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida yaratilgan.
2023-06-20T13:40+0500
2023-06-20T13:40+0500
2023-06-20T13:46+0500
siyosat
o‘zbekiston
saylovlar
markaziy saylov komissiyasi
o‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/11/20105036_0:156:3001:1844_1920x0_80_0_0_68061565b3253bc4c70a58b405fa8894.jpg
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda muddatidan ilgari bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi bo‘yicha saylov uchastkasini aniqlash bir nechta tartibda amalga oshiriladi.Saylov uchastkasini aniqlash imkoniyati Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida yaratilgan. Buning uchun saytdagi "Xizmatlar" sahifasini tanlash kerak bo‘ladi.Saylov uchastkasini aniqlash ketma-ketligi:Shundan keyin yangi oynada saylov uchastkasining raqami, manzili, uchastka komissiyasining telefon raqami hamda xaritada joylashuvi paydo bo‘ladi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga belgilangan. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 28-iyun-5 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Tashqi ishlar vazirligining MSKga kelib tushgan taqdimnomasiga asosan 39 ta O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuziladi.Prezidentlikka Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan boshlangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/11/20105036_166:0:2833:2000_1920x0_80_0_0_8e0c9ccf0e68c0a61a0696e6dc756cf8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston saylov prezident saylovi saylov uchastkasini aniqlash qo‘llanman ma’lumot markaziy saylov komissiyasi
o‘zbekiston saylov prezident saylovi saylov uchastkasini aniqlash qo‘llanman ma’lumot markaziy saylov komissiyasi
Saylov uchastkasini qanday aniqlash mumkin — qo‘llanma
13:40 20.06.2023 (yangilandi: 13:46 20.06.2023) Saylov uchastkasini aniqlash imkoniyati Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida yaratilgan.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda muddatidan ilgari bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi bo‘yicha saylov uchastkasini aniqlash bir nechta tartibda amalga oshiriladi.
Saylov uchastkasini aniqlash imkoniyati Markaziy saylov komissiyasining rasmiy
veb-saytida yaratilgan. Buning uchun saytdagi "Xizmatlar" sahifasini tanlash kerak bo‘ladi.
Saylov uchastkasini aniqlash ketma-ketligi:
sahifadagi "Ovoz beruvchilarning elektron ro‘yxatida bormisiz?" bo‘limiga kiring;
pasport yoki ID-kartangiz seriya va raqamini kiriting;
tug‘ilgan kun ma’lumotlaringizni kiriting;
matematik amalni bajaring;
so‘ngra "izlash" tugmasini bosing.
Shundan keyin yangi oynada saylov uchastkasining raqami, manzili, uchastka komissiyasining telefon raqami hamda xaritada joylashuvi paydo bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga
belgilangan. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 28-iyun-5 iyul kunlari
bo‘lib o‘tadi. Tashqi ishlar vazirligining MSKga kelib tushgan taqdimnomasiga asosan 39 ta O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi
tuziladi.Prezidentlikka Ekopartiyadan
Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan
Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan
Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari
Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan
boshlangan.