Besh oyda 195 ming nafar o‘zbekistonlik dam olish uchun xorijga chiqqan

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishDubay, arxiv foto
Dubay, arxiv foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2023
Obuna bo‘lish
Besh oyda 1,6 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Joriy yilning yanvar-may oylarida 1,6 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
Ta’kidlanishicha, ulardan eng ko‘pi, ya’ni, 1,4 mln nafari qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida xorijga safar qilgan.
Shuningdek, dam olish uchun 195 ming kishi, o‘qish maqsadida 17,1 ming kishi, davolanish uchun 10,8 ming kishi, xizmat yuzasidan 5,5 ming kishi xorijga chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar-aprel oylarida 2 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.
Yangiliklar lentasi
0