O‘zbekistonda Rossiyaning qaysi OTMlariga o‘qishga kirish mumkin – manzil va qabul muddatlari
© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Filial MGU im. Lomonosova v Tashkente
© Sputnik / Zafar Xalilov
Obuna bo‘lish
2023 yilda Toshkentda Sankt-Peterburg davlat universiteti filialining ochilishi rejalashtirilmoqda
Ayrim oliy o‘quv yurtlari abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilishni boshlagan, boshqalari 20-iyundan qabulni boshlaydi. Ta’lim yo‘nalishlari va hujjatlarni topshirish muddatlari haqida Sputnik materialidan bilib oling.
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali (MGU)
— Amaliy matematika va informatika fakulteti
— Psixologiya fakulteti
— Reklama va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishi
— “Filologiya” yo‘nalishi (rus tili va adabiyoti)
Veb-sayt: https://msu.uz/
Manzil: Toshkent sh., Amir Temur shoh ko‘chasi, 22-uy.
Tel.: (+99871) 232-28-11, (+99871) 232-28-22.
Hujjatlar 20-iyundan 10-iyulgacha qabul qilinadi.
D. I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali
— Kimoviy texnologiya
— Texnosfera xavfsizligi
— Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi
— Materiallarga ijodiy ishlov berish texnologiyasi
Veb-sayt: https://muctr.uz/ru
Manzil: Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, TTZ-4, 47-uy.
Telefon: (+99855) 503-30-54, (+99855) 503-30-45, (+99897) 477-70-67, (+99893) 882-88-20.
Hujjatlar 15-iyulgacha qabul qilinadi.
Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) Toshkent shahridagi filiali
Bakalavriat
— “Yurisprudensiya” yo‘nalishi — “Xalqaro xususiy va fuqarolik huquqi”
— “Biznes-informatika” yo‘nalishi — “Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va modellashtirish”
Magistratura
— “Menejment” yo‘nalishi — “Xalqaro tovar-xom ashyo va energetika bozorlari”
— “Tadbirlar menejmenti va turizm (event-menejment)”
— “Biznes-informatika” yo‘nalishi — “Xalqaro biznesda tizimli tahlil”
— “Yurisprudensiya” yo‘nalishi — “Xalqaro xususiy, tijorat va moliyaviy huquq”
Veb-sayt: https://uzb.mgimo.ru
Manzil: Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, 47-uy.
Tel.: (+99871) 207-32-57, (+99871) 207-32-56, (+99871) 207-32-54.
Bakalavriatga 18-iyulgacha, magistraturaga 30-avgustgacha hujjatlar qabul qilinadi.
“MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq shahridagi filiali
Bakalavriat va mutaxassislik
— Konchilik
— Metallurgiya
— Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
Veb-sayt: https://misis.uz/
Manzil: Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Amir Temur ko‘chasi, 56-uy.
Tel.: (+99870) 614-34-13. Hujjatlar 11-iyulgacha, ikkinchi bosqichda 20-iyulgacha – kirish imtihonlari jadvaliga muvofiq qabul qilinadi.
G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahridagi filiali
— Raqamli iqtisodiyot va moliya fakulteti
— Iqtisodiyot va biznes fakulteti
Veb-sayt: https://reu.uz/
Manzil: Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalong‘och massivi, Shahriobod ko‘chasi, 3-uy.
Tel.: (+99871) 262-43-50.
Hujjatlar 20-iyulgacha qabul qilinadi.
S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent shahridagi filiali (VGIK)
— Produserlik: Kino va televidenie produseri
— Dramaturgiya: Kinodramaturg
— Aktorlik san’ati
— kino va televidenie rejissorligi
— Kinooperatorlik
Veb-sayt: vgik.uz
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi, 1-uy.
Tel: +(99899) 363-92-57, (+99871) 277-89-98.
Hujjatlar 15-iyulgacha qabul qilinadi.
Astraxan davlat texnika universiteti Toshkent viloyatidagi filiali
— Hayvonlardan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari
— Suv bioresurslari va akvakultura
— Ekologiya va tabiatdan foydalanish
— Iqtisodiyot
Veb-sayt: astutr.uz
Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy.
Tel.: (+99855) 503-01-27.
Hujjatlar 20-iyundan 22-avgustgacha qabul qilinadi. Kirish imtihonlari sanasi va joyi astutr.uz saytida e’lon qilinadi.
A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahridagi filiali
— Boshlang‘ich ta’limda chet tilini o‘qitish
— filologiya ta’limi (rus tili)
— Boshlang‘ich ta’lim
— Psixologiya va ijtimoiy pedagogika (bolalar psixologiyasi)
— maktabgacha ta’lim
— Surdopedagogika (eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning boshlang‘ich ta’limi)
— Oligofrenopedagogika (aqli zaif bolalarni o‘qitish)
— Inson psixologiyasi va ijtimoiy ta’sir
— Rus tilini chet tili va madaniyatlararo muloqot sifatida o‘qitish nazariyasi va metodikasi
Manzil: Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi, 64-uy.
Tel.: +998(95) 114-39-14, +998(95) 114-29-14.
Hujjatlar 20-avgustgacha qabul qilinadi.
“MEI” Milliy tadqiqot universitetining Toshkent shahridagi filiali
Bakalavriat
Kunduzgi ta’lim
— Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi
— Elektroenergetika va elektrotexnika
— Elektronika va nanoelektronika
— Iqtisodiyot
— Menejment
— Sifat boshqaruvi
— Texnik tizimlarda boshqaruv
Sirtqi ta’lim
— Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi
— Elektroenergetika i elektrotexnika
—Iqtisodiyot
— Menejment
— Sifat boshqaruvi
— Texnik tizimlarda boshqaruv
Veb-sayt: https://mpei.uz/ru/
Manzil: Olmazor tumani, Yog‘du ko‘chasi, 1-uy.
Tel.: (95) 145-77-43, (95) 145-77-42
Hujjatlar 20-iyuldan 20-avgustgacha qabul qilinadi.
MIFI Milliy yadroviy tadqiqot universitetining Toshkent shahridagi filiali
— Tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi
— Yadroviy fizika va issiqlik fizikasi kafedrasi
— Elektr va issiqlik energetikasi kafedrasi
— Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi
Veb-sayt: https://tashkent.mephi.ru/
Manzil: Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Ulug‘bek shaharchasi, Xuroson ko‘chasi, 1-uy.
Tel.: (+99871) 231-91-80.
Hujjatlar 20-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinadi.
I. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining (Milliy tadqiqot universiteti) Toshkent shahridagi filiali
— Geologik qidiruv texnologiyasi
— Neft va gaz ishi
— Neft va gaz texnikasi va texnologiyasi
— Iqtisodiyot
— Menejment
Veb-sayt: https://gubkin.uz/
Manzil: Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 34-uy.
Tel.: (+99871) 200-01-56.
Hujjatlarni qabul qilish 30-iyungacha.
Qozon federal universiteti Jizzax shahridagi filiali
— Davolash ishi
— Stomatologiya
— Farmatsiya
— Tibbiy biokimyo
— Dasturiy ta’minot muhandisligi
— Axborot tizimlari va texnologiyalari
— Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
— Geologiya
— Iqtisodiyot
— Tilshunoslik
— Jurnalistika
Manzil: Toshkent sh. Sh.Rashidov ko‘chasi, 295-uy.
Tel.: (+99899) 909-77-66
Hujjatlar 11-iyulgacha qabul qilinadi.
Sankt-Peterburg davlat universiteti Toshkent shahridagi filiali
Sankt-Peterburg davlat universiteti (SPbGU) Toshkent shahridagi filialining ochilishi 2023-yilda bo‘lib o‘tadi.
“Hozirda Rosobrnadzordan iqtisod, huquq va xalqaro munosabatlar yo‘nalishlari bo‘yicha litsenziya olish jarayoni davom etmoqda”, — ma’lum qildi Sputnik muxbiriga universitet.