KXShT mamlakatlari fazoda qurollanish poygasiga qarshi bayonot qabul qilishdi

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka o‘tishMinskdagi KXShT TIV rahbarlari majlisi
Minskdagi KXShT TIV rahbarlari majlisi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2023
Obuna bo‘lish
Bayonotda fazo maydonida qurol-yarog‘ joylashtirishga, fazoda kuch qo‘llash tahdidiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi ta’kidlangan.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari fazoda qurollanish poygasining oldini olish to‘g‘risida bayonot qabul qilishdi, deya xabar berdi RIA Novosti.

“Biz bu bayonotda fazo maydonida qurol-yarog‘ joylashtirishga, fazoda kuch qo‘llash tahdidiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladik”, - dedi Belarus TIV rahbari Sergey Aleynik Minskdagi yig‘ilishda.

Aleynik KXShTga a’zo mamlakatlar mintaqa va global darajadagi keskinlik bartaraf etilishidan manfaatdor ekanini qayd etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, KXShT hamisha tinchlikni maqsad qilgan mudofaa tuzilmasi bo‘lgan va bo‘lib qoladi.
Minskda KXShT TIV rahbarlarining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis avvalida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tashkilotga a’zo davlatlarni KXShT harakatlarining umumiy rejasini ishlab chiqishga chaqirda. Avvalo iqtisodiy sohada umumiy reja ishlab chiqilishi lozim.
KXShTga Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Armaniston a’zo.
Yangiliklar lentasi
0