“CAFA Nation’s Cup” finali: O‘zbekiston-Eron o‘yini qanday yakunlandi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaMatch Uzbekistan-Iran
Match Uzbekistan-Iran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2023
Obuna bo‘lish
"Bunyodkor" stadionida “CAFA Nation’s Cup 2023” g‘olibi aniqlandi.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida “CAFA Nation’s Cup 2023” final o‘yini O‘zbekiston va Eron jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq oq libosda harakatlandi.
© Sputnik / Abdubakir YunusovO‘zbekiston terma jamoasi
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2023
O‘zbekiston terma jamoasi
Eronliklar qizil rangli libosda harakat qildi.
© Sputnik / Abdubakir YunusovEron terma jamoasi
Sbornaya Irana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2023
Eron terma jamoasi
Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Har ikki jamoa tomonidan xavfli vaziyatlar amalga oshirildi.
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Match Uzbekistan-Iran - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Match Uzbekistan-Iran - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Match Uzbekistan-Iran - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Match Uzbekistan-Iran - Sputnik O‘zbekiston
4/4
1/4
2/4
3/4
4/4
Oston O‘runov va Eldor Shomurodov tandemidagi xavfli vaziyatni alohida tilga olmoq darkor. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida O‘runov Shomurodovga ajobiy pas berdi, afsuski, terma jamoa sardorining zarbasi raqib darvozasi ustuniga tegib qaytdi. Keyin Shomurodovning zo‘r pasidan keyin O‘runov qanotdan oldinga bordi, biroq so‘nggi pallada raqib himoyachisini aldashga qurbi yetmadi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Eron hisobni ochdi. Eronlik hujumchi Serdar Azmun o‘yinning 48-daqiqasida birinchi golga mualliflik qildi va bu g‘alaba goli bo‘ldi.
Shu tariqa, Eron “CAFA Nation’s Cup 2023” kubogi sohib bo‘ldi, O‘zbekiston esa ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi.
© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaKubok CAFA Nation's Cup
Kubok CAFA Nation's Cup - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2023
Kubok CAFA Nation's Cup
"Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda O‘mon milliy jamoasi Qirg‘iziston ustidan g‘alaba qozondi va uchinchi o‘rinni egalladi.
Futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup” xalqaro turniri shu yilning 10-20 iyun kunlari bo‘lib o‘tdi. Ilk bor tashkil etilgan musobaqada O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, O‘mon, Eron hamda Afg‘oniston terma jamoalari ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0