Ulug‘bek Ro‘ziqulov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining raisi etib saylandi

© MOQUlug‘bek Ro‘ziqulov
Ulug‘bek Ro‘ziqulov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2023
Obuna bo‘lish
Ulug‘bek Ro‘ziqulov gimnastika rivojini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishini ta’kidladi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Ulug‘bek Ro‘ziqulov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining raisi etib saylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) xabar berdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov federatsiyaning avvalgi rahbari boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan tashkilotga yangi rais saylash konferensiya kun tartibidagi asosiy masala ekanini ta’kidladi.

MOQ bosh kotibi ushbu lavozimga federatsiya bosh homiysi “O‘zavtosanoat” AK boshqaruv raisi Ro‘ziqulov Ulug‘bek Ubaydullayevich nomzodini ilgari surdi. Konferensiya qatnashchilari bir ovozdan ushbu nomzodni qo‘llab-quvvatlashdi va Ulug‘bek Ro‘ziqulov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining raisi etib saylandi.

Ulug‘bek Ro‘ziqulov prezidentning “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, mavjud muammo va masalalarni hal etish, gimnastika rivojini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0