https://oz.sputniknews.uz/20230619/ukraina-qk-novodonetsk-yaqinidagi-hujumda-shaxsiy-tarkibining-yarmidan-kopini-yoqotdi-36061607.html
Ukraina QK Novodonesk yaqinidagi hujumda shaxsiy tarkibining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi
Ukraina QK Novodonesk yaqinidagi hujumda shaxsiy tarkibining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina QK Novodonesk yaqinidagi hujumda shaxsiy tarkibining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi
2023-06-19T09:44+0500
2023-06-19T09:44+0500
2023-06-19T13:22+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
rossiya
rossiya mudofaa vazirligi
artyomovsk
zaporojye viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/04/33491206_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_cb1acc3571274290497d34bf1ebd0d01.jpg
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Novodoneskiy aholi punkti yaqinida Janubiy Donesk yo‘nalishida oldinga siljishga uringan Ukraina bo‘linmalari shaxsiy tarkibining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi, deb ma’lum qildi “Vostok” qo‘shinlari guruhi matbuot markazi rahbari podpolkovnik Oleg Chexov RIA Novosti agentligiga.Motorli miltiq bo‘linmalari Novodonesk hududida dushmanning ikkita hujumini bartaraf etdi. Tank, zirhli jangovar mashinalar va oldinga siljib kelayotgan shaxsiy tarkibning yarmidan ko‘pi yo‘q qilindi, dedi suhbatdosh.Bundan tashqari, Rovnopol aholi punkti yo‘nalishida dushmanning ikkita hujumi qaytarildi. Millatchilarning tanki, zirhli jangovar mashinalari, transport vositalari va askarlar yo‘q qilindi.Zaporojye yo‘nalishida dushmanning Charivna hududida jang bilan razvedka o‘tkazishga urinishi bartaraf etildi. Gaubitsaning artilleriya zarbasi Ukraina QKning qo‘shinlarini yo‘q qildi."Novodanilovka janubi va Malaya Tokmachka janubidagi hududlarda dushman to‘lqinlarda hujumni kuchaytirish taktikasini qo‘llagan holda og‘ir texnika ko‘magida batalon kuchlari bilan hujumga o‘tdi. Guruhning motorli miltiq bo‘linmalari, artilleriya va aviatsiya ko‘magida tanklar, piyoda jangovar mashinalari, zirhli jangovar mashinalari va millatchilarning shaxsiy tarkibi yo‘q qilingan”, — dedi matbuot markazi rahbari.Bundan tashqari, armiya aviatsiyasi Malaya Tokmachka va Makarovka tumanlarida dushmanning o‘ndan ortiq askarlar to‘plangan joyiga zarba berdi. Batareyaga qarshi jang paytida Stepnogorsk yaqinida gaubitsa yo‘q qilindi.Ukrainaning Janubiy Donesk, Zaporojye, Artyomovsk yo‘nalishlaridagi hujumi 4-iyunda boshlandi, Ukraina QKning asosiy hujumi frontning Zaporojye uchastkasida to‘plangan edi.Kiyev NATO mutaxassislari tomonidan tayyorlangan va G‘arb texnikasi bilan qurollangan brigadalarni jangga tashladi.Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi 4-iyundan buyon muvaffaqiyatsiz hujum qilishga urinayotganini xabar qilgan edi. Hujum vaqtida ukrainlar katta yo‘qotishlarga duch kelishmoqda. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 6-iyun kuni Rossiya qo‘shinlari uch kun ichida UQKning barcha hujum qilishga bo‘lgan urinishlarining oldini olganini ma’lum qildi. Ukraina tomoni 3 715 nafargacha harbiysini yo‘qotgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Ukraina armiyasi biror bir yo‘nalishda muvaffaqiyatga erisha olmaganini qayd etdi.“Bloomberg” agentligining yozishicha, G‘arb UQK katta yo‘qotishlarga duch kelganini tan olmoqda. “The Washington Post” gazetasi esa Ukrainaning muvaffaqiyatsiz qarshi hujumi Kiyevning G‘arb mamlakatlari bilan munosabatlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
ukraina
artyomovsk
zaporojye viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/04/33491206_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_da00b44074ed19ff5f8f064eb4d0a19f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina qk novodonesk yaqinidagi hujumda shaxsiy tarkibining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi
ukraina qk novodonesk yaqinidagi hujumda shaxsiy tarkibining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi
Ukraina QK Novodonesk yaqinidagi hujumda shaxsiy tarkibining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi
09:44 19.06.2023 (yangilandi: 13:22 19.06.2023) Novodonesk yaqinidagi hujum paytida Ukraina Qurolli Kuchlari bo‘linmalari shaxsiy tarkibining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Novodoneskiy aholi punkti yaqinida Janubiy Donesk yo‘nalishida oldinga siljishga uringan Ukraina bo‘linmalari shaxsiy tarkibining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi, deb ma’lum qildi “Vostok” qo‘shinlari guruhi matbuot markazi rahbari podpolkovnik Oleg Chexov RIA Novosti agentligiga.
"Janubiy Donesk yo‘nalishida "Vostok" qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari artilleriya va aviatsiya ko‘magida hujum operatsiyalarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan dushmanga zarba berdi", - dedi zobit.
Motorli miltiq bo‘linmalari Novodonesk hududida dushmanning ikkita hujumini bartaraf etdi. Tank, zirhli jangovar mashinalar va oldinga siljib kelayotgan shaxsiy tarkibning yarmidan ko‘pi yo‘q qilindi, dedi suhbatdosh.
Bundan tashqari, Rovnopol aholi punkti yo‘nalishida dushmanning ikkita hujumi qaytarildi. Millatchilarning tanki, zirhli jangovar mashinalari, transport vositalari va askarlar yo‘q qilindi.
Zaporojye yo‘nalishida dushmanning Charivna hududida jang bilan razvedka o‘tkazishga urinishi bartaraf etildi. Gaubitsaning artilleriya zarbasi Ukraina QKning qo‘shinlarini yo‘q qildi.
"Novodanilovka janubi va Malaya Tokmachka janubidagi hududlarda dushman to‘lqinlarda hujumni kuchaytirish taktikasini qo‘llagan holda og‘ir texnika ko‘magida batalon kuchlari bilan hujumga o‘tdi. Guruhning motorli miltiq bo‘linmalari, artilleriya va aviatsiya ko‘magida tanklar, piyoda jangovar mashinalari, zirhli jangovar mashinalari va millatchilarning shaxsiy tarkibi yo‘q qilingan”, — dedi matbuot markazi rahbari.
Bundan tashqari, armiya aviatsiyasi Malaya Tokmachka va Makarovka tumanlarida dushmanning o‘ndan ortiq askarlar to‘plangan joyiga zarba berdi. Batareyaga qarshi jang paytida Stepnogorsk yaqinida gaubitsa yo‘q qilindi.
Ukrainaning Janubiy Donesk, Zaporojye, Artyomovsk yo‘nalishlaridagi hujumi 4-iyunda boshlandi, Ukraina QKning asosiy hujumi frontning Zaporojye uchastkasida to‘plangan edi.
Kiyev NATO mutaxassislari tomonidan tayyorlangan va G‘arb texnikasi bilan qurollangan brigadalarni jangga tashladi.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi 4-iyundan buyon muvaffaqiyatsiz hujum qilishga urinayotganini xabar qilgan edi. Hujum vaqtida ukrainlar katta yo‘qotishlarga duch kelishmoqda. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 6-iyun kuni Rossiya qo‘shinlari uch kun ichida UQKning barcha hujum qilishga bo‘lgan urinishlarining oldini olganini ma’lum qildi. Ukraina tomoni 3 715 nafargacha harbiysini
yo‘qotgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Ukraina armiyasi biror bir yo‘nalishda muvaffaqiyatga erisha olmaganini
qayd etdi.“
Bloomberg” agentligining yozishicha, G‘arb UQK katta yo‘qotishlarga duch kelganini tan olmoqda. “
The Washington Post” gazetasi esa Ukrainaning muvaffaqiyatsiz qarshi hujumi Kiyevning G‘arb mamlakatlari bilan munosabatlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin.