Turkiy davlatlar bilan soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi joriy etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaEmblema organizatsii turkskix gosudarstv.
Emblema organizatsii turkskix gosudarstv. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TDTga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini joriy etish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. 19-iyun kuni “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezidenti qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini joriy etish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2022-yil 11-noyabr kuni Samarqand shahrida imzolangan.
Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Yangiliklar lentasi
0