Toshkentda ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

© Unsplash / Adam Wilson Yong‘in, arxiv foto
Yong‘in, arxiv foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2023
Obuna bo‘lish
Yong‘in natijasida 15 qavatdagi xonadonda 5 kv.m maydoni yonib zararlangan.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahrining Yangihayot tumanida ro‘y bergan yong‘in haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 20:29 da tumanning “Yangi Darxon” MFY Navo ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yuqori qavatlaridagi xonadonlarida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risidagi xabar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon soat 20:38 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 20:56 da o‘rab olingan va soat 20:59 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida 15 qavatdagi xonadonda 5 kv.m maydoni yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0