Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

ShHT Kotibiyatida O‘zbekistondagi prezident sayloviga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi

© IA "Dunyo"O‘zbekistondagi prezident sayloviga bag‘ishlangan brifing
O‘zbekistondagi prezident sayloviga bag‘ishlangan brifing  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2023
Obuna bo‘lish
Brifingda ShHTga a’zo bo‘lgan va kuzatuvchi davlatlar hamda muloqot bo‘yicha sherik mamlakatlar vakillari ishtirok etdi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Pekindagi Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) kotibiyatida O‘zbekiston konstitutsiyaviy islohotlari hamda joriy yil 9-iyul kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston respublikasi prezidenti sayloviga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov asosiy ma’ruza bilan qatnashdi.
Brifingda ShHTga a’zo bo‘lgan va kuzatuvchi davlatlar hamda muloqot bo‘yicha sherik mamlakatlar vakillari ishtirok etdi.
ShHT Bosh kotibi o‘rinbosari Nuran Niyazaliyev so‘nggi yillar davomida O‘zbekistonda jamiyat hayotining barcha sohalarida jadal islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Nuran Niyazaliyev 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston prezidenti saylovi yuksak darajada o‘tishiga ishonch bildirdi. Kotibiyat rahbariyati ushbu siyosiy tadbirda xalqaro kuzatuvchilar sifatida an’anaviy ravishda faol ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Akmal Saidov O‘zbekistonda o‘tkazilgan konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy natijalari va ularning Yangi O‘zbekiston barpo etilishidagi o‘rni bilan tadbir ishtirokchilarini yaqindan tanishtirdi.
Yangiliklar lentasi
0