https://oz.sputniknews.uz/20230619/qozogiston-prezidenti-senat-raisi-tanzila-narbaevan-36084968.html
Qozog‘iston prezidenti Senat raisi Tanzila Narbayevani qabul qildi
Qozog‘iston prezidenti Senat raisi Tanzila Narbayevani qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Suhbat chog‘ida parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va davlatlararo munosabatlarga yangi sur’at bag‘ishlashga qaratilgan Qozog‘iston-O‘zbekiston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama etildi.
2023-06-19T19:11+0500
2023-06-19T19:11+0500
2023-06-19T19:11+0500
siyosat
o‘zbekiston
qozog‘iston
tanzila norboyeva
qasim-jomart toqayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/13/36084681_0:184:2690:1697_1920x0_80_0_0_9797d24e2feec08f050b0f556084ee91.jpg
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqanv O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayevani qabul qildi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar bermoqda.Xabarda yozilishicha, suhbat chog‘ida parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va davlatlararo munosabatlarga yangi sur’at bag‘ishlashga qaratilgan Qozog‘iston-O‘zbekiston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama etildi.Toqayev O‘zbekiston Senati raisiga Ostana shahrida bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti"dagi muhim tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani va yig‘ilishdagi faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildirdi.Uning fikricha, ushbu platformaning birinchi yig‘ilishi natijalari mintaqadagi hamkorlikni jonlantirishga xizmat qiladi. Markaziy Osiyoda gender tengligini ta’minlash va barqaror rivojlanish yo‘nalishida uzoq muddatli yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi.Toqayev Narbayevaning tashrifi ikki tomonlama hamkorlikning o‘ziga xos xususiyatining yorqin ifodasi ekani, Qozog‘iston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga mos kelishini ta’kidladi.“O‘tgan yil dekabrda O‘zbekistonga qilgan davlat tashrifim natijalarini yuqori baholaymiz. Joriy yilning 3-mart kuni Chimkent shahrida bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama etildi. Nafaqat hukumat darajasida tizimli ishlar olib borilayotgani, balki parlamentlararo diplomatiya ham faol rivojlanayotgani quvonchli. Shu bois kelasi yili Samarqandda ikkinchi parlamentlararo forum o‘tkazilishini olqishlayman”, – dedi Qasim-Jomart Toqayev.O‘z navbatida Tanzila Narbayeva ko‘rsatilgan hurmat uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkazdi.Senat raisi O‘zbekiston Qozog‘istonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuksak qadrlashini qayd etdi.“Sizni Qozog‘istonning butun tizimini siyosiy modernizatsiya qilishga hissa qo‘shgan keng ko‘lamli tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshirilgani bilan tabriklayman. Mamlakatingiz to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda va amalga oshirilayotgan islohotlaringizni xalq faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Biz bundan xursandmiz", – dedi Narbayeva.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/13/36084681_292:138:2342:1676_1920x0_80_0_0_c9526f6f27b7670ddfd1ee9eccf46857.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston prezidenti qasim-jomart toqayev senat raisi tanzila narbayeva qabul
qozog‘iston prezidenti qasim-jomart toqayev senat raisi tanzila narbayeva qabul
Qozog‘iston prezidenti Senat raisi Tanzila Narbayevani qabul qildi
O‘zbekiston Senati raisi Ostana shahrida bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti"da qatnashdi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqanv O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayevani qabul qildi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati
xabar bermoqda. Xabarda yozilishicha, suhbat chog‘ida parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va davlatlararo munosabatlarga yangi sur’at bag‘ishlashga qaratilgan Qozog‘iston-O‘zbekiston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama etildi.
Toqayev O‘zbekiston Senati raisiga Ostana shahrida bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti"dagi muhim tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani va yig‘ilishdagi faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildirdi.
Uning fikricha, ushbu platformaning birinchi yig‘ilishi natijalari mintaqadagi hamkorlikni jonlantirishga xizmat qiladi. Markaziy Osiyoda gender tengligini ta’minlash va barqaror rivojlanish yo‘nalishida uzoq muddatli yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Toqayev Narbayevaning tashrifi ikki tomonlama hamkorlikning o‘ziga xos xususiyatining yorqin ifodasi ekani, Qozog‘iston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga mos kelishini ta’kidladi.
“O‘tgan yil dekabrda O‘zbekistonga qilgan davlat tashrifim natijalarini yuqori baholaymiz. Joriy yilning 3-mart kuni Chimkent shahrida bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama etildi. Nafaqat hukumat darajasida tizimli ishlar olib borilayotgani, balki parlamentlararo diplomatiya ham faol rivojlanayotgani quvonchli. Shu bois kelasi yili Samarqandda ikkinchi parlamentlararo forum o‘tkazilishini olqishlayman”, – dedi Qasim-Jomart Toqayev.
O‘z navbatida Tanzila Narbayeva ko‘rsatilgan hurmat uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkazdi.
Senat raisi O‘zbekiston Qozog‘istonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuksak qadrlashini qayd etdi.
“Sizni Qozog‘istonning butun tizimini siyosiy modernizatsiya qilishga hissa qo‘shgan keng ko‘lamli tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshirilgani bilan tabriklayman. Mamlakatingiz to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda va amalga oshirilayotgan islohotlaringizni xalq faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Biz bundan xursandmiz", – dedi Narbayeva.