Qamchiq dovonida yuk avtomobili xandaqqa tushib ketdi - foto

© MChS Uzbekistana Na Kamchike perevernulsya gruzovik
Na Kamchike perevernulsya gruzovik  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent-Vodiy yo‘nalishda harakatlangan yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. 18 iyun kuni A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismi 266,4-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent-Vodiy yo‘nalishda harakatlangan yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida mashina yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketib, yonboshlab qolgan.
Zudlik bilan voqea joyiga "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari hamda YPX xodimlari yetib borgan. Avtomobilda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inni olingan va haydovchi va uning yo‘lovchisi hayoti saqlab qolingan.
Ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va Pop tumani shifoxonasiga olib ketilgan.
Yangiliklar lentasi
0