O‘zbekistonda Qurbon hayiti sanasi ma’lum qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOdin iz kupolov mecheti Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa
Odin iz kupolov mecheti Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Qurbon hayiti qachon nishonlanishi ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Qurbon hayiti 2023-yil 28-iyun kuni nishonlanadi, deb xabar qildi O‘zbekiston musulmonlari idorasi.
O‘zbekiston asosiy yangiliklari Telegram-kanalimizda — Obuna bo‘ling va tezkor xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasining oyni kuzatish bo‘yicha Ishchi guruhining ilmiy izlanishlari, tajribali astronomiya markazlari va nufuzli fatvo hay’atlaridan olgan ma’lumotlariga ko‘ra, hijriy 1444-yil Zulhijja oyining yangi oy fazasi (hiloli) milodiy 2023-yil 18-iyun kuni quyosh botgandan so‘ng sodir bo‘lgan (tug‘ilgan).
"Ma’lumki, hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi Islom dini ta’limotlari va mazkur ma’lumotlarga asoslangan holda diyorimizda Qurbon hayitining birinchi kuni 2023-yil 28-iyun kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi", - deyilgan xabarda.
Kuni kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi bugun — 19-iyun kuni Zulhijja oyining 1-kuni kirib kelgani haqida ma’lum qilgandi.
Zulhijja oyi (“Haj egasi” degan ma’noni anglatadi) – Haj ibodati ado etiladigan, qurbonlik qilinadigan, Arafa va Qurbon hayiti nishonlanadigan oy.
Mavzuga doir:
Qurbon hayiti tarixi va ahamiyati
Qurbonlik odoblari va shartlari: qanday jonliq so‘yiladi, qurbonlikning so‘nggi vaqti
Qurbon hayiti arafasida qo‘y narxi oshadimi – mutaxassis fikri
Yangiliklar lentasi
0