https://oz.sputniknews.uz/20230619/ozbekiston-eron-qoshma-logistika-markazi-36072624.html
O‘zbekiston va Eron qo‘shma logistika markazini barpo etadi
O‘zbekiston va Eron qo‘shma logistika markazini barpo etadi
Sputnik O‘zbekiston
Vazirlar yuk tashuvlari hajmini keskin oshirish maqsadida Eron – O‘zbekiston logistika markazini barpo etish, qolaversa, Eron hududida joylashgan Chobahor va Bandar-Abbos portlari hududida o‘zbek tadbirkorlari ishtirokida terminallar va omborlar qurish xususida kelishib olishdi.
2023-06-19T16:03+0500
2023-06-19T16:03+0500
2023-06-19T16:03+0500
iqtisod
jamiyat
eron
o‘zbekiston
ilhom mahkamov
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/13/36071875_0:131:951:666_1920x0_80_0_0_964b3b4d9ce07914698580b95faa7bd9.jpg
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Eron qo‘shma logistika markazini barpo etadi. O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamovning Eron yo‘l va shaharsozlik vaziri Mehrdod Bazrposh bilan uchrashuvida tegishli kelishuvga erishildi.O‘zbekiston Transport vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar “O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron” uch tomonlama multimodal transport koridorini rivojlantirish va foydalanish bo‘yicha o‘zbek tomonidan taqdim qilingan bitimni tez orada kelishishga erishishgan. Avtomobil transportida yuk tashuvlari jarayonida Eron tomonidan o‘zbek milliy tashuvchilaridan undirilayotgan yig‘imlarni paritet asosida kamaytirish, shuningdek, yoqilg‘i solig‘i yig‘imlarini ham boshqa davlatlarniki bilan tenglashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.Shuningdek, vazirlar yuk tashuvlari hajmini keskin oshirish maqsadida Eron – O‘zbekiston logistika markazini barpo etish, qolaversa, Eron hududida joylashgan Chobahor va Bandar-Abbos portlari hududida o‘zbek tadbirkorlari ishtirokida terminallar va omborlar qurish xususida kelishib olishdi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Eronda bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti Ibrohim Raisiy ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladilar. Bundan tashqari, tashrif doirasida hukumatlar, idoralar va hududlar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.
eron
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/13/36071875_171:155:737:580_1920x0_80_0_0_4a07e7aac6332cca2cf6a449a1a6dc4c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekisto eron qo‘shma logistika markazi chobahor bandar-abbos portlari
o‘zbekisto eron qo‘shma logistika markazi chobahor bandar-abbos portlari
O‘zbekiston va Eron qo‘shma logistika markazini barpo etadi
O‘zbek milliy tashuvchilaridan undirilayotgan yig‘imlarni paritet asosida kamaytiriladi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Eron qo‘shma logistika markazini barpo etadi. O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamovning Eron yo‘l va shaharsozlik vaziri Mehrdod Bazrposh bilan uchrashuvida tegishli kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston Transport vazirligi
xabariga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar “O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron” uch tomonlama multimodal transport koridorini rivojlantirish va foydalanish bo‘yicha o‘zbek tomonidan taqdim qilingan bitimni tez orada kelishishga erishishgan. Avtomobil transportida yuk tashuvlari jarayonida Eron tomonidan o‘zbek milliy tashuvchilaridan undirilayotgan yig‘imlarni paritet asosida kamaytirish, shuningdek, yoqilg‘i solig‘i yig‘imlarini ham boshqa davlatlarniki bilan tenglashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Shuningdek, vazirlar yuk tashuvlari hajmini keskin oshirish maqsadida Eron – O‘zbekiston logistika markazini barpo etish, qolaversa, Eron hududida joylashgan Chobahor va Bandar-Abbos portlari hududida o‘zbek tadbirkorlari ishtirokida terminallar va omborlar qurish xususida kelishib olishdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni rasmiy tashrif bilan
Eronda bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti Ibrohim Raisiy ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladilar. Bundan tashqari, tashrif doirasida hukumatlar, idoralar va hududlar darajasida 15 ta hujjat
qabul qilindi.