O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi final bahsini qayerda onlayn tomosha qilish mumkin?

© MOQ“CAFA Nation’s Cup 2023”
“CAFA Nation’s Cup 2023”  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2023
Obuna bo‘lish
Finalda musobaqaning guruh bosqichi g‘oliblari —O‘zbekiston va Eron terma jamoalari to‘qnash kelishadi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Ertaga, 20-iyun kuni, Toshkentda “CAFA Nation’s Cup 2023” musobaqasi doirasidagi final o‘yini bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 20:30 da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.
Finalda musobaqaning guruh bosqichi g‘oliblari —O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. "Oq bo‘rilar" to‘liq oq libosda, darvozabon esa qora libosda harakatlanadi.
SPORT telekanali bahsni jonli efirga uzatadi.
"Paxtakor" stadionida Qirg‘iziston va O‘mon futbolchilari uchinchi o‘rin uchun kurashishadi.
O‘zbekiston final yo‘lida O‘mon (3:0), Turkmaniston (2:0) va Tojikiston (5:1) jamoalari ustidan g‘alaba qozondi. Eron esa Qirg‘iziston va Afg‘oniston vakillarini ortda qoldirdi.
O‘yinning eng qiziq lahzalarini Sputnik Telegram-kanalida kuzatib borishingiz mumkin.
Futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup” xalqaro turniri shu yilning 10-20 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Ilk bor tashkil etilgan musobaqada O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, O‘mon, Eron hamda Afg‘oniston terma jamoalari ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0