https://oz.sputniknews.uz/20230619/gimnastika-markazlari-asosiy-vazifalar-36087325.html
Gimnastika markazlarining asosiy vazifalari belgilandi
Gimnastika markazlarining asosiy vazifalari belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident qarori bilan Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etilishi belgilangan.
2023-06-19T20:38+0500
2023-06-19T20:38+0500
2023-06-19T20:38+0500
sport
gimnastika
o‘zbekiston gimnastika federatsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/349/95/3499507_0:640:1363:1407_1920x0_80_0_0_6194559155b54f5a09c2ed30acd0814d.jpg
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. 17-iyun kuni “Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tabirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Prezident qarori bilan Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etilishi belgilangan.Mazkur Gimnastika markazlari ixtisoslashtirilgan davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanib, gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga ega bo‘ladi.Ushbu Gimnastika markazlari o‘z faoliyatini 2024/2025 o‘quv yilidan boshlaydi.O‘quvchilarning umumiy kontingenti jami 132 nafarni tashkil etib, ular 1–11-sinf o‘quvchilaridan iborat bo‘ladi.Gimnastika markazlarining 1-sinfiga gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablarida shug‘ullangan, yuqori iqtidorga ega va o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.O‘quvchilar ularga eng yaqin joylashgan maktablarda umumta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitiladi.Gimnastika markazlarining o‘quv dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladi.Mazkur diplom berilgan mutaxassislik (trener, trener-seleksioner) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish yoki ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/349/95/3499507_0:513:1363:1535_1920x0_80_0_0_4071561e01ed67983098a989659b8fac.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
gimnastika markazlari o‘zbekiston
gimnastika markazlari o‘zbekiston
Gimnastika markazlarining asosiy vazifalari belgilandi
Gimnastika markazlarining o‘quv dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. 17-iyun kuni “Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tabirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori
qabul qilindi. Prezident
qarori bilan Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etilishi belgilangan.
Mazkur Gimnastika markazlari ixtisoslashtirilgan davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanib, gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga ega bo‘ladi.
Ushbu Gimnastika markazlari o‘z faoliyatini 2024/2025 o‘quv yilidan boshlaydi.
O‘quvchilarning umumiy kontingenti jami 132 nafarni tashkil etib, ular 1–11-sinf o‘quvchilaridan iborat bo‘ladi.
Gimnastika markazlarining 1-sinfiga gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablarida shug‘ullangan, yuqori iqtidorga ega va o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.
O‘quvchilar ularga eng yaqin joylashgan maktablarda umumta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitiladi.
Gimnastika markazlarining o‘quv dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladi.
Mazkur diplom berilgan mutaxassislik (trener, trener-seleksioner) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish yoki ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.