https://oz.sputniknews.uz/20230619/garb-ukraina-qarshi-hujumi-shubha-narishkin-36079430.html
G‘arb Ukraina qarshi hujumi muvaffaqiyatiga shubha qilyapti – Narishkin
G‘arb Ukraina qarshi hujumi muvaffaqiyatiga shubha qilyapti – Narishkin
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktorining so‘zlariga ko‘ra, NATO tayyorgarliklaridan o‘tgan harbiy xizmatchilar sonining sezilarli halok bo‘lishi va texnikalarning yakson qilinishi Ukraina armiyasi jangovar qobiliyatiga putur yetkazadi.
2023-06-19T18:19+0500
2023-06-19T18:19+0500
2023-06-19T18:19+0500
dunyoda
rossiya
ukraina
g‘arb
sergey narishkin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/13/36078796_0:0:3028:1703_1920x0_80_0_0_6b877fe35389d30d1818d80fb87ff363.jpg
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Ko‘plab G‘arb tahlilchilari kuluarlarda Ukrainaning qarshi hujumi muvaffaqiyatiga jiddiy shubha ko‘zi bilan qarashmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin ma’lum qildi.Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktorining so‘zlariga ko‘ra, NATO tayyorgarliklaridan o‘tgan harbiy xizmatchilar sonining sezilarli halok bo‘lishi va texnikalarning yakson qilinishi Ukraina armiyasi jangovar qobiliyatiga putur yetkazadi.“Bu o‘z navbatida Zelenskiy rejimining (Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy – tahr.) barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bir qator G‘arb baholariga ko‘ra, Ukraina davlatchiligining o‘zi tahdid ostida qolishi mumkin”, - deya ta’kidladi Narishkin.U “Amerika va Yevropa maxsus xizmatlari va harbiy idoralarining obro‘li vakillari qarshi hujum bevosita qarama-qarshi natijalarga olib kelishi mumkinligini istisno qilishmayapti”.Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi 4-iyundan buyon muvaffaqiyatsiz hujum qilishga urinayotganini xabar qilgan edi. Hujum vaqtida ukrainlar katta yo‘qotishlarga duch kelishmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin strategik zaxiralarni jalb qilishga qaramay, Ukraina harbiylari muvaffaqiyatsiz qarshi hujum qilishga urinayotganini qayd etgan.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/13/36078796_244:0:2975:2048_1920x0_80_0_0_71892d5a6e90991dd037b6eadfbb6ee6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
g‘arb ukraina qarshi hujum
g‘arb ukraina qarshi hujum
G‘arb Ukraina qarshi hujumi muvaffaqiyatiga shubha qilyapti – Narishkin
Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbarining ta’kidlashicha, bir qator G‘arb baholariga ko‘ra, Ukraina davlatchiligining o‘zi tahdid ostida qolishi mumkin.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Ko‘plab G‘arb tahlilchilari kuluarlarda Ukrainaning qarshi hujumi muvaffaqiyatiga jiddiy shubha ko‘zi bilan qarashmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin ma’lum qildi.
“Kuluarlarda ko‘plab g‘arblik tahlilchilar Ukraina avanturasi muvaffaqiyatiga jiddiy shubha qilishmoqda. Tafsilotlarni oshkor qilmay aytishim mumkinki, Kiyev rejimi ma’lum qilgan vazifalar erishib bo‘lmaydigan deb baholanmoqda”, - dedi Narishkin “Rossiyskaya gazeta” nashriga bergan
intervyusida.Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktorining so‘zlariga ko‘ra, NATO tayyorgarliklaridan o‘tgan harbiy xizmatchilar sonining sezilarli halok bo‘lishi va texnikalarning yakson qilinishi Ukraina armiyasi jangovar qobiliyatiga putur yetkazadi.
“Bu o‘z navbatida Zelenskiy rejimining (Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy – tahr.) barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bir qator G‘arb baholariga ko‘ra, Ukraina davlatchiligining o‘zi tahdid ostida qolishi mumkin”, - deya ta’kidladi Narishkin.
U “Amerika va Yevropa maxsus xizmatlari va harbiy idoralarining obro‘li vakillari qarshi hujum bevosita qarama-qarshi natijalarga olib kelishi mumkinligini istisno qilishmayapti”.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi 4-iyundan buyon muvaffaqiyatsiz hujum qilishga urinayotganini xabar qilgan edi. Hujum vaqtida ukrainlar katta yo‘qotishlarga duch kelishmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin strategik zaxiralarni jalb qilishga qaramay, Ukraina harbiylari muvaffaqiyatsiz qarshi hujum qilishga urinayotganini qayd etgan.