https://oz.sputniknews.uz/20230617/ozbekiston-tojikiston-futbol-natija-36052054.html
O‘zbekiston-Tojikiston o‘yini qanday natija bilan tugadi — video
O‘zbekiston-Tojikiston o‘yini qanday natija bilan tugadi — video
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston milliy terma jamoasi "CAFA Nations Cup" turniri guruh bosqichi 3-turi doirasida Tojikistonga qarshi maydonga tushdi.
2023-06-17T22:37+0500
2023-06-17T22:37+0500
2023-06-17T22:40+0500
sport
o‘zbekiston
tojikiston
futbol
markaziy osiyo futbol assotsiatsiyasi (cafa)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/10/36013584_0:160:3071:1887_1920x0_80_0_0_d8e0e607b03c8aadb42f50d3856471e8.jpg
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tojikiston ustidan g‘alaba qozondi. Hisob 5:1.“Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi "CAFA Nations Cup" turniri guruh bosqichi 3-turi doirasida Tojikistonga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv soat 20:30 da boshlandi. Ushbu bahsda futbolchilar to‘liq oq libosda, darvozabon qora libosda, Tojikiston esa qizil rangli liboslarda harakatlandi. Birinchi bo‘limda Tojikistonning 7-raqamli futbolchisi Parviz Umarboyev hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga hakam tomonidan 3 daqiqa qo‘shib berilishiga qaramay, mezbon tomon hisobni tenglashtira olmadi. Dilshod Saitov darvozaga boshi bilan zarba berdi, lekin gol ura olmadi. Bo‘lim Tojikiston foydasiga yakunlandi. O‘yinning ikkinchi bo‘limida O‘zbekistondan Abdulla Abdullayev, Jamshid Iskanderov va Jamshid Boltaboyev o‘rniga Eldor Shomurodov, Abbos Fayzullayev va Odil Hamrobekov o‘yinni davom ettirdi.Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev hisobni teglashtirdi. Hisob 1:1.Eldor Shomurodov 56- daqiqada penaltida 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirib, hisobni O‘zbekiston foydasiga hal qildi. Hisob 2:1.Abbosbek Fayzullayev o‘yining 73-daqiqasida gol urdi. Hisob 3:1. O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi daqiqalarda ham gollar urishda davom etdi. Bu safar Xojimat Erkinov o‘yinning 83-daqiqasida gol urdi. Hisob 4:1.Maydonda ikki jamoa futbolchilari to‘qnashib ketdi. Shundan so‘ng ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Raqib jamoadan Nuriddin Hamroqulov bosh qismidan jarohat oldi. O‘yinga 6 daqiqa qo‘shib berildi. Oston O‘runovning penaltidagi zarbasi hisobni yana bittaga oshirdi. Uchrashuv 5:1 hisob bilan yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi keyingi o‘yinni 20-iyun kuni Eron terma jamoasiga qarshi olib boradi.Futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup” xalqaro turniri shu yilning 10-20 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Turnirda Markaziy Osiyo mamlakatlari: O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, shuningdek, O‘mon, Eron hamda Afg‘oniston mamlakatlari terma jamoalari ishtirok etmoqda.
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/10/36013584_171:0:2900:2047_1920x0_80_0_0_53e25a975eb4c4fad16f0e7d3cc96886.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tojikiston futbol cafa nations cup
o‘zbekiston tojikiston futbol cafa nations cup
O‘zbekiston-Tojikiston o‘yini qanday natija bilan tugadi — video
22:37 17.06.2023 (yangilandi: 22:40 17.06.2023) O‘zbekiston milliy terma jamoasi "CAFA Nations Cup" turniri guruh bosqichi 3-turi doirasida Tojikistonga qarshi maydonga tushdi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tojikiston ustidan g‘alaba qozondi. Hisob 5:1.
“Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi "CAFA Nations Cup" turniri guruh bosqichi 3-turi doirasida Tojikistonga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuv soat 20:30 da boshlandi. Ushbu bahsda futbolchilar to‘liq oq libosda, darvozabon qora libosda, Tojikiston esa qizil rangli liboslarda harakatlandi.
Birinchi bo‘limda Tojikistonning 7-raqamli futbolchisi Parviz Umarboyev hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga hakam tomonidan 3 daqiqa qo‘shib berilishiga qaramay, mezbon tomon hisobni tenglashtira olmadi.
Dilshod Saitov darvozaga boshi bilan zarba berdi, lekin gol ura olmadi. Bo‘lim Tojikiston foydasiga yakunlandi.
O‘yinning ikkinchi bo‘limida O‘zbekistondan Abdulla Abdullayev, Jamshid Iskanderov va Jamshid Boltaboyev o‘rniga Eldor Shomurodov, Abbos Fayzullayev va Odil Hamrobekov o‘yinni davom ettirdi.
Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev hisobni teglashtirdi. Hisob 1:1.
Eldor Shomurodov 56- daqiqada penaltida 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirib, hisobni O‘zbekiston foydasiga hal qildi. Hisob 2:1.
Abbosbek Fayzullayev o‘yining 73-daqiqasida gol urdi. Hisob 3:1.
O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi daqiqalarda ham gollar urishda davom etdi. Bu safar Xojimat Erkinov o‘yinning 83-daqiqasida gol urdi. Hisob 4:1.
Maydonda ikki jamoa futbolchilari to‘qnashib ketdi. Shundan so‘ng ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Raqib jamoadan Nuriddin Hamroqulov bosh qismidan jarohat oldi.
O‘yinga 6 daqiqa qo‘shib berildi. Oston O‘runovning penaltidagi zarbasi hisobni yana bittaga oshirdi. Uchrashuv 5:1 hisob bilan yakunlandi.
Bahsni stadionda 9899 nafar muxlis kuzatib bordi.
O‘zbekiston terma jamoasi keyingi o‘yinni 20-iyun kuni Eron terma jamoasiga qarshi olib boradi.
Futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup” xalqaro turniri shu yilning 10-20 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Turnirda Markaziy Osiyo mamlakatlari: O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, shuningdek, O‘mon, Eron hamda Afg‘oniston mamlakatlari terma jamoalari ishtirok etmoqda.