Mirziyoyev Eronga boradi — tashrif davomida qanday masalalar muhokama etiladi?

© Foto : SCO Uzbekistan Organizing CommitteeVizit prezidenta Irana Ibraxima Raisi v Uzbekistan v ramkax vstrechi s prezidentom Shavkatom Mirziyoyevim
Vizit prezidenta Irana Ibraxima Raisi v Uzbekistan v ramkax vstrechi s prezidentom Shavkatom Mirziyoyevim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2023
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari Ibrohim Raisiy va Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan 18-iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Davlat rahbari Tehron shahrida Ibrohim Raisiy va Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni hamda ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti ushbu mamlakat yirik ilm-fan va ishlab chiqarish muassasalarining mahsulotlari namoyish etiladigan “Eronning innovatsiyalar va texnologiyalar sohasidagi yutuqlari” nomli ko‘rgazmaga tashrif buyuradi.
Tashrif doirasida har tomonlama amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0