Ukraina yengilgan sari yadroviy mojaro xavfi ortib bormoqda

© Foto : US Air ForceB-52 Stratofortress - AQSh yadroviy bombardimonchi samolyoti
B-52 Stratofortress - AQSh yadroviy bombardimonchi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya g‘arbiy chegarasi, 22-iyun Germaniya boshchiligida NATOning 10 ming askari va 250 ta harbiy samolyotlari ishtirokida harbiy amaliyotlar boshlanadi.
Ukraina Qurolli Kuchlarining qarshi hujumi ko‘proq o‘z joniga qasd qilishga o‘xshab ko‘rinayotgan, jang maydonlarij Germaniya "Leopard"lari va Fransiya zirhli mashinalari yonayotgan hamda hujum "bir qadam oldinga ikki qadam orqaga" qabilida ketayotgan bo‘lsa-da, g‘alabani nishonlashga hali erta.

Ajablanarlisi shundaki, Ukraina armiyasi uchun vaziyat qanchalik yomon bo‘lsa, global yadroviy mojaro ehtimoli shunchalik yuqori bo‘lmoqda.

Kiyev NATOning yordamiga umid qilmoqda va alyans haqiqatan ham har tomonlama yordam berishga urinmoqda. Kecha NATOning Brusseldagi shtab-kvartirasida Ukraina mudofaasi bo‘yicha Ramshteyn formatida muloqot guruhining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina Qurolli kuchlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin yig‘ilganlarga “Ukrainadagi urush sprint emas, balki marafon ekanligini” eslatib, Vashington maydonni tark etmasligiga, balki undan uzoq vaqt foydalanishiga ishontirdi.
Bu tinchlikparvar ritorika va jimjimador so‘zlar ortida aslida aniq harbiy maqsadlarni yashiringan. Yo‘q, bu Ukrainani qo‘llab-quvvatlamaydi. 2014-yildan beri Pentagonning harbiy rejalarida Rossiya asosiy raqib sifatida ko‘rsatilgan. Bugun esa amerikaparast NATO bloki Rossiyani birinchi navbatda harbiy yo‘l bilan mag‘lub qilmoqchi. Agar Ukraina parchalansa, alyans kuchlari aralashadi.
Xuddi shu Stoltenberg, agar Ukraina Qurolli kuchlari uchun vaziyat juda yomon bo‘lsa, Polsha armiyasi Ukraina hududiga kirishi mumkinligi haqida allaqachon aytib o‘tgan edi, go‘yoki NATO emas, balki o‘z nomidan. Ammo Amerikaning vassali bo‘lgan "Polsha" o‘z bunday qarorlar qabul qila olmaydi. Mamlakatning barcha harbiy kuchlari uzoq vaqtdan beri Yevropadagi Amerika harbiy mashinasi tarkibiga kiritilgan.
Avval amerikaliklar qirg‘inga ukrainaliklarni tashlagan bo‘lsa, endi polyaklarni tashlamoqchi.
Moskvaga yuborilgan yana bir "signal" bu NATOning keng ko‘lamli "Air Defence-2023" (Havo himoyachisi) mashqlarining ataylabdan Gitlerning SSSRga hujum qilgan sanasida tashkil etilishidir.
Mashqlar rasman NATO tomonidan tashkillashtirilmagan bo‘lsada, unda NATOning barcha davlatlari va ularga qo‘shilgan Shvetsiya va Yaponiya ham ishtirok etadi. Mashqlarda yetakchi davlat Germaniya bo‘ladi. Bu ham ramziylikni oshirish maqsadida bo‘lsa kerak.
Ko‘lami bo‘yicha misli ko‘rilmagan bu mashqlar hozirda Rossiya chegaralariga yaqin joyda o‘tkazilmoqda. Unda 10 mingdan ortiq askar, 250 ta harbiy samolyot ishtirok etadi.
“Shunda ham dunyo yetakchilari, jumladan, janob Putin ham bizning ittifoqimizning kuchi va ruhiyatga e’tibor bermasalar, men juda hayron bo‘laman”, — deya shama qildi Amerikaning Germaniyadagi elchisi Emi Gutman.
22 iyun kuni esa Luftvaffe samolyotlari Boltiqbo‘yi davlatlari ustidan uchib o‘tadi, bombali hujumlarni mashq qiladi. Buni umuman Ukrainaga qanday aloqasi bor? Aslida bu NATO ittifoqining barcha kuchlari tomonidan Rossiyaga hujum qilishning namoyishiy repetisiyasidir. NATOning suveren davlatlar hududidagi barcha bosqinlari bombardimon qilish bilan boshlandi.
Havo himoyachisi mashqlarida shu munosabat bilan AQShdan uchib kelgan yuzta samolyot ishtirok etmoqda.
AQSh Harbiy-havo kuchlari general-leytenanti Maykl Lo vakili ta’kidlashicha, "Yevropaning o‘zgargan strategik landshaftida" mashqlar "Qo‘shma Shtatlarning Yevropada bo‘lishini tasdiqlaydi" va "buyuk davlatga qarshi chiqish nima ekanini ko‘rsatib qo‘yadi".
Ya’ni Rossiyaga ochiq aytiladi, AQSh u bilan urushmoqchi. Shu nuqtayi nazardan, Amerika samolyotlari bizga aynan nimani namoyish qilish uchun chaqirilgani qiziq. Ukrainani qo‘llab-quvvatlashning bunga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu ko‘proq Rossiyaga qarshi "qurolsizlantiruvchi zarba" repetisiyaga o‘xshaydi.
Amerikaliklar o‘zlarining ushbu "qurolsizlantiruvchi zarba" g‘oyasi bilan atom bombasi ixtiro qilinganidan mashg‘ul. RAND tahlil markazining ushbu mavzu bo‘yicha ko‘plab tarixiy ishlar mavjud. U yerda amerikalik generallarning so‘zlari ko‘p marta tilga olinadi. "Menga "mudofaa" so‘zi yoqmaydi, - dedi AQSh harbiy-havo kuchlari generali Arnold 1946-yilda jurnalistning SSSRda atom bombasi ixtiro qilinganida nima qilish kerakligi haqidagi savoliga javoban. "Biz ularga birinchi bo‘lib zarba berishimiz kerak, Amerika xavfsizligini ta’minlash uchun", - degan edi.
"Birinchi bo‘lib urish" g‘oyasi SSSRning megapolislarini atom bombardimon qilishni o‘z ichiga olgan mashhur Dropshot rejasining asosini tashkil etdi va Bush va Obama davrida qo‘llaniladigan dushman bosh shtablari va raketa shahtalariga "oldindan berilgan boshqaruvdan mahrum qiluvchi yadroviy zarba" ning rasmiy konsiyasiga aylandi.
Bu mutlaqo rasmiy siyosat, bularning barchasi ochiq manbalarda yozilgan, ammo Rossiyaning har bir qadamiga okeanning narigi tomonidan ko‘zlarini katta-katta ochib "NATO faqat tinch maqsadlarga ega mudofaa ittifoqi", u faqat "Ukrainani himoya qilish" bilan shug‘ullanadi, deb uyalmasdan yolg‘on gapirishni boshlaydilar . Biroq, bu ritorika ham jangovar harakatlarning bir qismidir. Uning maqsadi aniq: dushmanni chalg‘itish va butun dunyoni yo‘ldan urish.
Amerikaliklar rus xalqining dushmani emasligini e’lon qilgan Entoni Blinken shunchaki Vashingtonning o‘ta aniq harbiy maqsadlarini "urush buluti" bilan yashirmoqda. Lekin bizni aldash oson emas. Adolf Gitler ham xuddi shu so‘zlar bilan boshlagan edi. Oxiri nima bilan yakunlangani hammaga ma’lum.
Yangiliklar lentasi
0