https://oz.sputniknews.uz/20230616/ukraina-razvedka-boshqarmasi-boshligi-budanov-jiddiy-yaralandi-36010795.html
Ukraina razvedka boshlig‘i Budanov jiddiy yaralandi — manba
Ukraina razvedka boshlig‘i Budanov jiddiy yaralandi — manba
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Rossiya tomonidan Kiyevdagi Bosh razvedka boshqarmasi shtab-kvartirasiga raketa hujumi natijasida yaralandi
2023-06-16T10:38+0500
2023-06-16T10:38+0500
2023-06-16T14:06+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
rossiya
moskva
kiyev
razvedka xizmati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/10/36015062_0:0:640:360_1920x0_80_0_0_fea0342a5ed166eed7ce76cfa68bcb25.jpg
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Rossiya tomonidan Kiyevdagi Bosh razvedka boshqarmasi shtab-kvartirasiga raketa hujumi natijasida yaralandi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligiga huquq-tartibot idoralari xodimi.Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Budanovni vayronalar ostidan olib chiqishgan, shundan so‘ng u vertolotda Polshadagi Jeshuv harbiy bazasiga, u yerdan esa keyin Ramshtayn aviabazasidan AQShning 86- harbiy havo tibbiy guruhining C-21A samolyoti bilan Berlinga evakuatsiya qilingan. Parvoz Flightaradar xizmati ma’lumotlarida ham saqlanib qolgan.Ukraina harbiy razvedkasidagi manbalar Budanov davolanayotgan aniq joyni aytishdi - bu Berlindagi Bundesver kasalxonasi, Sharnxorstrasse, 13. Unga ko‘ra, “GUR” rahbari hozirda og‘ir ahvolda ekanligi haqida ma’lumotlar bor.29 may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina aerodromlari, qo‘mondonlik punktlari va radiolokatsiya postlariga yirik raketa zarbasi berilgani haqida e’lon qildi. Ukraina kanallari Kiyev aholisiga tayanib, Ribalskiy orolidagi Bosh razvedka boshqarmasi idorasi hududiga raketalar uchib kelgani haqida yozgan, u yerda transport harakati to‘sib qo‘yilgandi. Ertasi kuni Oliy Radaning sobiq deputati Ilya Kiva razvedka shtab-kvartirasi yo‘q qilinganini e’lon qildi.Shu bilan birga, 29-maydan boshlab Budanov omma oldida ko‘rinmayapti. O‘sha kuni soat 15:20 da u o‘zining Telegram-kanalida Moskvani raketa zarbalariga javob berish bilan tahdid qilgan videoni joylashtirgan. Flightradar ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Budanovni olib ketish uchun bir necha soat avval havoga ko‘tarilgan, biroq videodan qachon suratga olingani aniq emas. Kiyevda ular Budanovning o‘limi haqidagi tarqalayotgan xabarni rad etishdi, ammo uning jarohati, qayerda va qanday holatda ekanligi haqida hech qanday ma’lumot berishmadi.
ukraina
kiyev
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/10/36015062_81:0:561:360_1920x0_80_0_0_383e1271c1eb4a1601fae494fb71831c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina razvedka budanov jiddiy yaralandi
ukraina razvedka budanov jiddiy yaralandi
Ukraina razvedka boshlig‘i Budanov jiddiy yaralandi — manba
10:38 16.06.2023 (yangilandi: 14:06 16.06.2023) Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Budanov og‘ir yaralangan.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Rossiya tomonidan Kiyevdagi Bosh razvedka boshqarmasi shtab-kvartirasiga raketa hujumi natijasida yaralandi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligiga huquq-tartibot idoralari xodimi.
“Rossiya xavfsizlik kuchlariga Ukraina Bosh razvedka boshqarmasidagi manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Kirill Budanov 29-may kuni ertalab Rossiya tomonidan Kiyevdagi Ribalskiy orolida joylashgan Bosh razvedka boshqarmasi binosiga berilgan zarbasi vaqtida yaralangani ma’lum bo‘ldi. Rossiya raketasi Budanov bo‘lgan qo‘shni kabinetga zarba berdi”, — dedi u.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Budanovni vayronalar ostidan olib chiqishgan, shundan so‘ng u vertolotda Polshadagi Jeshuv harbiy bazasiga, u yerdan esa keyin Ramshtayn aviabazasidan AQShning 86- harbiy havo tibbiy guruhining C-21A samolyoti bilan Berlinga evakuatsiya qilingan. Parvoz Flightaradar xizmati ma’lumotlarida ham saqlanib qolgan.
Ukraina harbiy razvedkasidagi manbalar Budanov davolanayotgan aniq joyni aytishdi - bu Berlindagi Bundesver kasalxonasi, Sharnxorstrasse, 13. Unga ko‘ra, “GUR” rahbari hozirda og‘ir ahvolda ekanligi haqida ma’lumotlar bor.
29 may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina aerodromlari, qo‘mondonlik punktlari va radiolokatsiya postlariga yirik raketa zarbasi berilgani haqida e’lon qildi. Ukraina kanallari Kiyev aholisiga tayanib, Ribalskiy orolidagi Bosh razvedka boshqarmasi idorasi hududiga raketalar uchib kelgani haqida yozgan, u yerda transport harakati to‘sib qo‘yilgandi. Ertasi kuni Oliy Radaning sobiq deputati Ilya Kiva razvedka shtab-kvartirasi yo‘q qilinganini e’lon qildi.
Shu bilan birga, 29-maydan boshlab Budanov omma oldida ko‘rinmayapti. O‘sha kuni soat 15:20 da u o‘zining Telegram-kanalida Moskvani raketa zarbalariga javob berish bilan tahdid qilgan videoni joylashtirgan. Flightradar ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Budanovni olib ketish uchun bir necha soat avval havoga ko‘tarilgan, biroq videodan qachon suratga olingani aniq emas. Kiyevda ular Budanovning o‘limi haqidagi tarqalayotgan xabarni rad etishdi, ammo uning jarohati, qayerda va qanday holatda ekanligi haqida hech qanday ma’lumot berishmadi.