https://oz.sputniknews.uz/20230616/ukraina-mojaro-tramp-orban-36016483.html
Ukrainadagi mojaroni faqat Tramp to‘xtata oladi — Orban
Ukrainadagi mojaroni faqat Tramp to‘xtata oladi — Orban
Sputnik O‘zbekiston
Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning fikricha, Ukrainadagi mojaroni faqat AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp to‘xtata oladi.
2023-06-16T15:15+0500
2023-06-16T15:15+0500
2023-06-16T15:15+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
vengriya
viktor orban
donald tramp
aqsh
ukraina
rossiya
moskva
vladimir zelenskiy
dmitriy peskov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1a/28557566_0:0:2780:1565_1920x0_80_0_0_285fe08dd413775c61b3b7c64240c7f3.jpg
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning fikricha, Ukrainadagi mojaroni faqat AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp to‘xtata oladi. Bu haqda u Kossuth radio efirida aytdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, natijada “haqiqat tinch yo‘l bilan hal etish tarafdorlarida qoladi”, jumladan, “ma’naviy to‘g‘rilik” pozitsiyasida turgan Vengriya ham.Avvalroq Orban Ukrainada tinchlik faqat Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng o‘rnatilishi mumkinligi, Yevropa esa Minsk kelishuvlarini bajara olmagani uchun vositachilik imkoniyatini qo‘ldan boy berganini aytgandi.Moskva muzokaralarga tayyor ekanini bir necha bor bildirgan, biroq Kiyev ularga qonunchilik darajasida taqiq qo‘ygan. Vladimir Zelenskiy avvalroq “hech qanday Minsk-3 bo‘lmaydi” degan edi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RIA Novostiga ma’lum qilgan ediki, bunday so‘zlar Kiyevning muzokaralar olib borishni istamasligi haqidagi pozitsiyasini “mutlaqo tasdiqlaydi”. Moskva Rossiya tomonining takliflari va "yerdagi" vaziyatni hisobga olgan holda kelishuv uchun Kiyev takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor, lekin Ukraina rejimi bundan manfaatdor emas, dedi RFning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya avvalroq bergan RIA Novosti bilan intervyusida.Avvalroq Kreml Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘lga o‘tkazish uchun hech qanday shart-sharoit yo‘qligini, Rossiya uchun mutlaq ustuvorlik maxsus operatsiya maqsadlariga erishish ekanini, hozircha bu faqat harbiy yo‘l bilan amalga oshirilishini ta’kidlagan edi. Ularning qo‘shimcha qilishicha, RF Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga urinayotgan barcha davlatlarning sa’y-harakatlarini yuqori baholaydi, ammo hozircha buning iloji yo‘q. Kremlda ta’kidlanganidek, Ukrainadagi vaziyat tinch yo‘nalishga o‘tishi mumkin, agar de-fakto vaziyat va yangi voqeliklar hisobga olinsa, Moskvaning barcha talablari yaxshi ma’lum.
vengriya
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1a/28557566_29:0:2760:2048_1920x0_80_0_0_9f9cf90b9f70c73c281e6289630c9cb8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukrainadagi mojaro faqat tramp to‘xtata oladi orban
ukrainadagi mojaro faqat tramp to‘xtata oladi orban
Ukrainadagi mojaroni faqat Tramp to‘xtata oladi — Orban
Vengriya bosh vaziri Orbanning fikricha, Ukrainadagi mojaroni faqat Tramp to‘xtata oladi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning fikricha, Ukrainadagi mojaroni faqat AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp to‘xtata oladi. Bu haqda u
Kossuth radio efirida aytdi.
"Agar G‘arb dunyosida bu urushni to‘xtatib, tinchlik o‘rnatishga qodir odam bo‘lsa, bu AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp va AQSh boshligida tinchlik tarafdori bo‘lishi Vengriya manfaatlariga mos keladi", — dedi Orban.
Uning so‘zlariga ko‘ra, natijada “haqiqat tinch yo‘l bilan hal etish tarafdorlarida qoladi”, jumladan, “ma’naviy to‘g‘rilik” pozitsiyasida turgan Vengriya ham.
Avvalroq Orban Ukrainada tinchlik faqat Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng o‘rnatilishi mumkinligi, Yevropa esa Minsk kelishuvlarini bajara olmagani uchun vositachilik imkoniyatini qo‘ldan boy berganini aytgandi.
Moskva muzokaralarga tayyor ekanini bir necha bor bildirgan, biroq Kiyev ularga qonunchilik darajasida taqiq qo‘ygan. Vladimir Zelenskiy avvalroq “hech qanday Minsk-3 bo‘lmaydi” degan edi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RIA Novostiga ma’lum qilgan ediki, bunday so‘zlar Kiyevning muzokaralar olib borishni istamasligi haqidagi pozitsiyasini “mutlaqo tasdiqlaydi”. Moskva Rossiya tomonining takliflari va "yerdagi" vaziyatni hisobga olgan holda kelishuv uchun Kiyev takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor, lekin Ukraina rejimi bundan manfaatdor emas, dedi RFning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya avvalroq bergan RIA Novosti bilan intervyusida.
Avvalroq Kreml Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘lga o‘tkazish uchun hech qanday shart-sharoit yo‘qligini, Rossiya uchun mutlaq ustuvorlik maxsus operatsiya maqsadlariga erishish ekanini, hozircha bu faqat harbiy yo‘l bilan amalga oshirilishini ta’kidlagan edi. Ularning qo‘shimcha qilishicha, RF Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga urinayotgan barcha davlatlarning sa’y-harakatlarini yuqori baholaydi, ammo hozircha buning iloji yo‘q. Kremlda ta’kidlanganidek, Ukrainadagi vaziyat tinch yo‘nalishga o‘tishi mumkin, agar de-fakto vaziyat va yangi voqeliklar hisobga olinsa, Moskvaning barcha talablari yaxshi ma’lum.