https://oz.sputniknews.uz/20230616/surxondaryo-1560-mvt-quvvat-bug-gaz-elektr-stantsiya-36012046.html
Surxondaryoda 1560 MVt quvvatga ega bug‘-gaz elektr stansiyasi quriladi
Surxondaryoda 1560 MVt quvvatga ega bug‘-gaz elektr stansiyasi quriladi
Sputnik O‘zbekiston
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Islom taraqqiyot banki Surxondaryoda elektr stansiyasi qurish uchun 325 mln yevro investitsiya kiritmoqda.
2023-06-16T12:15+0500
2023-06-16T12:15+0500
2023-06-16T14:20+0500
iqtisod
o‘zbekiston
elektr energiyasi
energetika vazirligi
investitsiya
surxondaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/08/30598383_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_f2eaa4d8d4f00bb25c1c70952f7c25c6.jpg
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Surxondaryo viloyatida 1560 MVt quvvatga ega bug‘-gaz elektr stansiyasi quriladi, deya xabar berdi Energetika vazirligi.Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB)va Islom taraqqiyot banki (ITB) Surxondaryoda elektr stansiyasi qurish uchun davlat kafolatisiz 325 mln yevro investitsiya kiritmoqda. OIIB 225 million, ITB esa 100 million yevro miqdorida mablag‘ ajratadi.“A” kategoriyasiga kiruvchi mazkur loyiha 2022-yilning aprelida ishlab chiqilgan bo‘lib, shu yil 17-may sanasida so‘nggi baholash ishlari olib borilgan.Loyiha Surxondaryo viloyatining Angor tumanida, “Uchqizil” suv omborining shimoli-sharqida joylashgan hududda amalga oshiriladi.Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad esa O‘zbekistonda yuqori samarador elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishdan iborat.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida quvvati 1573 MVt bo‘lgan zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi ma’lum qilingan edi. Stansiya 61,9 gektar maydonda barpo etiladi. Uni 2026-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.
o‘zbekiston
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/08/30598383_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_1aae811f121f53e8a128394e97902c57.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston surxondaryo 1560 mvt quvvatga ega bug‘-gaz elektr stansiyasi osiyo infratuzilma investitsiyalari banki islom taraqqiyot banki investitsiya
o‘zbekiston surxondaryo 1560 mvt quvvatga ega bug‘-gaz elektr stansiyasi osiyo infratuzilma investitsiyalari banki islom taraqqiyot banki investitsiya
Surxondaryoda 1560 MVt quvvatga ega bug‘-gaz elektr stansiyasi quriladi
12:15 16.06.2023 (yangilandi: 14:20 16.06.2023) Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Islom taraqqiyot banki Surxondaryoda elektr stansiyasi qurish uchun 325 mln yevro investitsiya kiritmoqda.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Surxondaryo viloyatida 1560 MVt quvvatga ega bug‘-gaz elektr stansiyasi quriladi, deya xabar berdi
Energetika vazirligi. Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB)va Islom taraqqiyot banki (ITB) Surxondaryoda elektr stansiyasi qurish uchun davlat kafolatisiz 325 mln yevro investitsiya kiritmoqda. OIIB 225 million, ITB esa 100 million yevro miqdorida mablag‘ ajratadi.
“A” kategoriyasiga kiruvchi mazkur loyiha 2022-yilning aprelida ishlab chiqilgan bo‘lib, shu yil 17-may sanasida so‘nggi baholash ishlari olib borilgan.
“Bu investitsiyalar O‘zbekiston iqtisodiyotiga davlatning hech bir kafolatisiz yo‘naltirilishi mo‘ljallangan”, - deyiladi xabarda.
Loyiha Surxondaryo viloyatining Angor tumanida, “Uchqizil” suv omborining shimoli-sharqida joylashgan hududda amalga oshiriladi.
Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad esa O‘zbekistonda yuqori samarador elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida quvvati 1573 MVt bo‘lgan zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi ma’lum qilingan edi. Stansiya 61,9 gektar maydonda barpo etiladi. Uni 2026-yilda ishga tushirish
rejalashtirilgan.