Rossiya hech qachon “diplomatiya eshigini” yopmagan – Putin

© Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishVladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida
Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbari G‘arbning o‘zi "diplomatiya eshigini" qiya yopishga qaror qilganini aytdi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. NATO va kollektiv G‘arbning Ukrainadagi mojaroga oid pozitsiyasiga qaramay, Rossiya hech qachon “diplomatiya eshigini” yopmagan. Bu haqda Rossiya rahbari Vladimir Putin Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PMEF) nutq so‘zlayotib ma’lum qildi.
“Biz hech qachon yopmaganmiz. Ular qiya yopishga qaror qilishdi. Ba’zan bizga tirqishdan qarashadi. Jumladan, sizning yordamingizda”, - dedi Putin yalpi majlis moderatori Dmitriy Saymsning Rossiya yuzaga kelgan vaziyatda Rossiya “g‘arb yetakchilari bilan diplomatiya eshigini” yopadimi degan savoliga javob berayotib
Ma’lumot uchun, 14-17 iyun kunlari Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PMEF) bo‘lib o‘tadi. RIA Novosti forumning media hamkori va mezbon fotoagentligi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0