Iqtisodiyot, ko‘p qutbli dunyo, yonayotgan G‘arb texnikasi: Putin nutqidan asosiy fikrlar

© Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPMEF-2023. Prezident RF V. Putin na plenarnom zasedanii
PMEF-2023. Prezident RF V. Putin na plenarnom zasedanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida nutq so‘zladi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining (PMEF) yalpi sessiyasida nutq so‘zladi. Putin o‘z nutqida yangi dunyo tartibi, barqaror o‘sayotgan Rossiya iqtisodiyoti va harbiy operatsiya mavzulariga to‘xtaldi.
Rossiya rahbarining asosiy bayonotlarini quyida keltiramiz.

To‘g‘ri tanlangan strategiya

Rossiya tadbirkorlik erkinligini kengaytirish yo‘lini tanladi va bu o‘z samarasini berdi.
“O‘tgan yili biz sanksiyalar bosimi ostida Rossiya yopiq ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga qaytadi, deb bashorat qilingan edi. Ammo unday bo‘lmadi, biz tadbirkorlik erkinligini kengaytirish yo‘lini tanladik va amaliyot bu mutlaqo to‘g‘ri ish bo‘lganini ko‘rsatdi. Buni hayot isbotladi”.
 Prezident RF Vladimir Putin, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti
Rossiya yalpi ichki mahsulotining (YaIM) o‘sishi 2023-yil oxirigacha 2 foiz bo‘lishi mumkin. Hozir Rossiyada inflyatsiya ko‘plab G‘arb mamlakatlariga qaraganda past va o‘zining tarixiy minimal darajasiga yaqin - 2,9%.

“Biz mas’uliyatli, muvozanatli budjet va pul-kredit siyosatini olib bordik. Ularning samarali kombinatsiyasi bizga ishsizlikning minimal ko‘rsatkichlariga, shuningdek, hozirda Rossiyada <...> inflyatsiya miqdori tarixiy minimumga yaqin — 2,9% ni tashkil etadi”.

 Prezident RF Vladimir Putin, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti
Savdoda milliy valyutalarga o‘tish bo‘yicha ishlar tashkil etildi. YeOII mamlakatlari bilan hisob-kitoblarning 90 foizi hozir rublda, Xitoy bilan 80 foizi rubl va yuanda.

Ko‘p qutbli dunyo va mustamlakachilikning barbod bo‘lishi

“Aslida tasqari bo‘lgan neokolonial dunyo tizimi mavjud bo‘lishdan to‘xtadi, ko‘p qutbli dunyo tartibi esa mustahkamlanmoqda. Bu muqarrar jarayon”.

 Prezident RF Vladimir Putin, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti
Ayrim mamlakatlar boshqalar ularning samolyotlari, bank xizmatlari va boshqa ko‘plab narsalarning muqobiliga ega bo‘lmasligi uchun tinchlikni xohlashmaydi. Ularga raqib kerak emas, va ular “raqiblarni” bekor qilishga urinishmoqda, biroq bu ularning qo‘lidan kelmaydi.

“Hech kimni quvmadik”: Rossiyadan ketgan G‘arb kompaniyalari haqida

Rossiya hech qachon hech bir xorijiy korxonani quvib chiqarmaganiga alohida e’tibor qaratdi.
"Agar xorijlik ishlab chiqaruvchilar yana qaytishni istasa, marhamat, biz hech kimga eshikni yopmaymiz. Hech kim raqobatdan qo‘rqmaydi, raqobat - bu taraqqiyot va savdo dvigateli. Biz ularning Rossiyada ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratamiz”.
 Prezident RF Vladimir Putin, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti

Ukraina qarshi hujumining muvaffaqiyatsizlika yuz tutishi va yonayotgan “Leopardlar”

Ukraina qarshi hujum chog‘ida front mudofaa chizig‘ini yorib o‘tish uchun va mustahkamlanish uchun strategik zaxiralardan foydalanyapti, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchrayapti.

“Biror bir yo‘nalishda ular (Ukraina Qurolli kuchlari – tahr.) o‘z maqsadlariga erisha olishmadi. Darhaqiqat, ularning yo‘qotishlari juda katta”.

 Prezident RF Vladimir Putin, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti
Rossiya rahbari Rossiya harbiylari G‘arb texnikasini muvaffaqiyatli birin-ketin yakson qilayotganini ta’kidladi.
“Tanklar (xorijda ishlab chiqarilgan – tahr.) yonyapti. Bir qancha tanklar yo‘q qilindi. Jumladan, anavi “Leopardlar” ham. Kecha ham bunday bo‘lgandi. Kecha ham “Leopardlar” bo‘lgandi. Ular yonyapti. F-16 ham xuddi shunday yonadi”.
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti

“Gitler haromilari” va natsizmga qarshi kurash

“Ukrainadagi, Ukraina janubi-g‘arbidagi urush Ukraina rejimi tomonidan uning G‘arbdagi homiylari ko‘magida 2014-yilda boshlangandi. Biroq G‘arbda bu haqda hech kim og‘iz ochishga harakat qilmaydi. Lekin men eslatishga majburman: Shimoli-g‘arbda Donbassga qarshi aviatsiya, tanklar, artilleriya qo‘llangandi. Bu urush bo‘lmasdan nima? Bu urush degani. Va u 9-yil davom etdi”.
 Prezident RF Vladimir Putin, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti
Rossiya rahbari Ukraina hukumatini neonatsistlarni ulug‘lashda aybladi.
“Faxriy shohsupaga Ukraina qahramonlari sifatida bugun neonatsistlar, Gitler haromilari chiqarilgan. Xolokost – bu olti million yahudiylarni yo‘q qilish. Bir yarim millioni Ukrainada yo‘q qilingan, va avvalo banderachilar qo‘li bilan”.
 Prezident RF Vladimir Putin, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti
Putin Ukrainani millatchilardan tozalash Moskva uchun asosiy vazifalardan biri ekanini qayd etdi.
“Biz bunga qarshi kurashishimiz shart. Rossiya natsizmga qarshi kurashishda eng ko‘p aziyat chekkan mamlakat. Biz buni hech qachon unutmaymiz”, - dedi Putin.
Yangiliklar lentasi
0