O‘zgidromet 8 ta viloyatda sel kelish xavfidan ogohlantirdi

© Foto: To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligiKosonsoyning To‘raqo‘rg‘on tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismiga sel keldi
Kosonsoyning To‘raqo‘rg‘on tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismiga sel keldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2023
Obuna bo‘lish
18−21 iyun kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zgidromet 18−21 iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sabab O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelish xavfidan ogohlantirmoqda.
Jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari va Shohimardon hududida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0