Turkiya elchisi bilan Afg‘onistonga yordam bo‘yicha kelishib olindi

© Press-slujba MID UzbekistanaTIVda Turkiya elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
TIVda Turkiya elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Turkiya elchisi Olgan Bekar afg‘on masalasi bo‘yicha kelishib olishdi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Turkiya afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini davom ettirishga kelishib oldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Turkiya elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi bugungi vaziyat va xalqaro hamjamiyat, shuningdek, ikki davlatning Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
“Tomonlar afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini davom ettirish va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligi to‘g‘risida kelishib oldilar”, deyiladi xabarda.
Turkiya elchisi O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatish, shuningdek, mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etishdagi muhim o‘rnini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0